Jek chittak islomni qabul qilganmidi?
10.12.2015 9126

    “Karib dengizi qaroqchilari” filmi butun dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan va sevib tomosha qilinadigan kinoasarlardan biri sanaladi. Ayniqsa, filmdagi mashhur aktyor Jonni Depp talqin qilgan qaroqchi Jek chittak obrazi o‘ziga xos xarakteri, yumori, uddaburonligi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Aslida Jek chittak real shaxs bo‘lganini hamma ham bilmasa kerak. Qolaversa, u XVII asrda Jon Uord yoki Yusuf Rays ismi bilan dengiz va okeanlar kezgan. Nega aynan Yusuf Rays degan nom olgan?
     Jek o‘z davrida mohir dengizchi va qo‘rqmas qaroqchi sifatida Ispan Rekonkistasini doimiy qo‘rquvga solib turgan. Jek bolaligida oddiy baliqchi edi, biroq Angliya qirolligi va Ispaniya o‘rtasida kuchaygan qarama-qarshiliklar chog‘ida o‘z jangovar qobiliyatini shakllantirgan. Ana shunday qaltis vaziyat u o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘ladi.
    Ingliz matrosi (1608 yilda uni Tunisda uchratadi) Jek haqida shunday yozadi: “U juda ham kalta sochli, qorachadan kelgan va uzun soqol qo‘ygan odam edi. Juda kam gapirar va kam va’da berardi”. Jekni zamondoshlari afsonaviy va sirli qaroqchi Robin Gudga o‘xshatishardi. Shu bois, u mamlakatlar tomonidan doimiy qidiruvda edi.
     Xavf-xatar ham kuchli bo‘lgani bois, u o‘zi uchun tinch-makon qidirardi. Ana shunday tinchlikni unga Tunisda va’da qilishadi. Shundan so‘ng Jek chittak Tunisga langar tashlaydi va barcha kema a’zolari bilan birga islom dinini qabul qiladi. Unga Yusuf Rays ismi berildi va u yerda tinch-xotirjam hayot kechirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jek chittak, ya’ni Yusuf Rays 70 yoshida (tahminan 1622 yilda) vabodan vafot etgan.

 

 

Muslim Mirzajonov tayyorladi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216216
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24534
  • 18996
  • 12786
  • 15748