Ассалому алейкум
Mavzu:

Agar ayoli rozi bo‘lmasa...

Savol:

Assalomu alaykum! Men xotinimni yaxshi ko‘raman, lekin o‘rtamizda tez-tez kelishmovchilik bo‘lib turadi. Buning asosiy sababi, men xohlagan paytda birga bo‘lishni istamaydi. Hatto ikki oylab birga bo‘lmagan vaqtlarimiz bo‘lgan. Bu menga qattik ta’sir qiladi: uyda va ishda asabiylashib yuraman. Boshqa ayolga borsammikan, deb o‘ylayman. Nima qilishni bilmayman. Maslahat bering!

Bo`lim
29837
Javob:

Va alaykum assalom. Bu narsa er va xotin bir-birlarining huquq va majburiyatlarini bilmasliklaridan kelib chiqishi mumkin.

Aslida xotin sog‘lom bo‘lsa, erini jinsiy aloqadan man qilmasligi, eri qachon bunga xohish bildirsa, uning istagini bajo keltirishi lozim. Bu haqida ko‘plab rivoyatlar kelgan.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُعَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا دَعَا الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ إِلَى فِرَاشِهِ فَأَبَتْ أَنْ تَجِيءَ لَعَنَتْهَا الْمَلَائِكَةُ حَتَّى تُصْبِحَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar er o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa va u kelishni inkor qilsa, farishtalar tong otguncha o‘sha ayolga la’nat aytadi(Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati).

Ushbu rivoyatda aytilishicha, er o‘z xotinini jinsiy aloqaga chaqirsa va xotinda biron uzr bo‘lmay turib, bu ishni inkor qilsa, erining haqini poymol qilgani sabab farishtalar o‘sha xotinga la’nat aytadi.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ مَا مِنْ رَجُلٍ يَدْعُو امْرَأَتَهُ إِلَى فِرَاشِهَا فَتَأْبَى عَلَيْهِ إِلَّا كَانَ الَّذِي فِي السَّمَاءِ سَاخِطًا عَلَيْهَا حَتَّى يَرْضَى عَنْهَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Jonim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, qaysi bir erkak o‘z xotinini to‘shakka chaqirganida u rad qilsa, to eri undan rozi bo‘lmagunicha osmondagi (Zot – Alloh) unga g‘azab qiladi” (Muslim rivoyati).

Musulmon erkak faqat o‘z shar’iy nikohidagi xotin bilan jinsiy aloqa qilishi joiz. Qachon jimo’ga ishga rag‘bat bildirganida xotin buni inkor qilsa, gunohkor bo‘ladi.

Bu narsa erga ham tegishli. Er xotinini qarovsiz tashlab qo‘ymasligi, uning ham xohish-istagi borligini inobatga olishi lozim.

Yana bir muhim jihatni aytib o‘tish kerak. Agar ayolning jinsiy aloqaga xohish bildirmasligiga uning kasalligi sabab bo‘lsa, er uni shifokorlarga ko‘rsatib, bemorlikni davolashi lozim. Xotini kasal bo‘lgani holda unga e’tiborsizlik qilish, yana jinsiy aloqaga rozi bo‘lmaydi, deb ayolidan nolish to‘g‘ri emas.

Keyin xotinim jinsiy aloqaga ko‘nmayapti, deb boshqa ayolga borishni xayolingizga ham keltirmang. Bu og‘ir gunoh. Zinokor qabrda va oxiratda qattiq azob tortadi. Yo jinsiy lazzatni deb og‘ir azoblarni boshdan kechirmoqchimisiz?! Shunday ekan, zinoga borishni umuman o‘ylamang!

Ayol erini undan lazzat olishiga mone’lik qiluvchi amallarni qilmasligi lozim.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُأَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِلْمَرْأَةِ أَنْ تَصُومَ وَزَوْجُهَا شَاهِدٌ إِلَّا بِإِذْنِهِ وَلَا تَأْذَنَ فِي بَيْتِهِ إِلَّا بِإِذْنِهِ... رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Ayolning eri hozir bo‘lib turganida uning ruxsatisiz ro‘za tutishi halol emas. Erining ruxsatisiz uning uyiga (biron odam kirishiga) izn bermaydi” (Buxoriy va Termiziy rivoyati).

Bu yerda qanday ro‘za nazarda tutilayotgani boshqa rivoyatlarda aytilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Xotin eri hozir bo‘lib turganida Ramazon oyidan boshqa biron kunda uning ruxsatisiz ro‘za tutmaydi” (Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).

Muslima ayol eri safarda bo‘lmagan vaqtda nafl ro‘za tutmoqchi bo‘lsa, eridan ruxsat so‘rashi kerak. Sababi eri undan xohlagan vaqtida bahra olishga haqi bor. Ammo Ramazon ro‘zasini tutish uchun ruxsat so‘ramaydi. Ramazon oyida ro‘za tutish qodir bo‘lgan har bir bandaga farzdir.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216404
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Agar ayoli rozi bo‘lmasa...

Assalomu alaykum! Men xotinimni yaxshi koraman, lekin ortamizda tez-tez kelishmovchilik bolib turadi. Buning asosiy sababi, men xohlagan paytda birga bolishni istamaydi. Hatto ikki oylab birga bolmagan vaqtlarimiz bolgan. Bu menga qattik tasir qiladi: uyda va ishda asabiylashib yuraman. Boshqa ayolga borsammikan, deb oylayman. Nima qilishni bilmayman. Maslahat bering!

29837