Ассалому алейкум
Mavzu:

“Sizni o‘limga issiq-sovuq qilishgan”, deydigan folbinlar 21.10.2017

Savol:

Assalomu alaykum, ustoz! Bizga bilmaganlarimizni o‘rgatayotganingiz uchun katta rahmat. Alloh rozi bo‘lsin! Sizga yana bir savolim bor edi: opalarim meni dam soldirgani olib borishganida “sizlarni o‘limga o‘qib qo‘yishgan” degan javob bo‘ldi. Keyin ularga qumga dam solib berib, uyga, chorrahaga sepasizlar, keyin ziyoratgohga borib qon chiqarasizlar, deyilibdi! Shu narsalar Islomda joizmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8555
Javob:

Va alaykum assalom. “Sizni o‘limga o‘qib qo‘yishgan” degan gap aqli joyida bo‘lgan odamdan chiqmaydi. Buni kohin va arroflar gapiradi. Zero, banda g‘aybni bilmaydi. To‘g‘ri, biron kishiga ko‘z tekkani yoki sehrlangani belgilari bor. Ammo aynan o‘limga issiq-sovuq qilinganini bilish insonning qo‘lidan kelmaydi. Oraga jinlar aralashgani shubhasiz. Bu gapning xatoligini o‘sha kimsaning qabristonga borib jonliq so‘yishga buyurishidan ham bilib olsa bo‘ladi. Alloh roziligidan boshqa yo‘lda, yana Allohdan boshqaning nomini zikr qilib jonliq so‘yish harom! O‘zini bilgan, aqlu hushi joyida bo‘lgan mo‘min odam bunday ishlarni qilmaydi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216296
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Sizni o‘limga issiq-sovuq qilishgan”, deydigan folbinlar 21.10.2017

Assalomu alaykum, ustoz! Bizga bilmaganlarimizni orgatayotganingiz uchun katta rahmat. Alloh rozi bolsin! Sizga yana bir savolim bor edi: opalarim meni dam soldirgani olib borishganida sizlarni olimga oqib qoyishgan degan javob boldi. Keyin ularga qumga dam solib berib, uyga, chorrahaga sepasizlar, keyin ziyoratgohga borib qon chiqarasizlar, deyilibdi! Shu narsalar Islomda joizmi?

8555