Ассалому алейкум
Mavzu:

Pulning qadrsizlanishi va qarz masalasi

Savol:

Assalomu alaykum. Yana bir masalaga oydinlik kiritib bersangiz degan umiddasizga murojaat qilyapman. Bir vaqtlar qo‘shnim mendan qarz olgan edi. Topish-tutishi yomon emas. Hatto xo‘jalik ishlarida ham bozordan mardikor yollab ishlatadi. Bizda har bir xarajatimiz rejali, tejab ishlatamiz, o‘rtahol oilamiz. Bir-ikki marotaba eslatdim, “bo‘lsa,olib chiqib ber”,dedim. Lekin oradan ancha vaqt o‘tib ketdi. Kuni kecha o‘sha olgan qarzini olib chiqib berdi. So‘mda olgan edi. Sir emaski,hozirgi kunda ko‘pgina narsalar chet eldan keltirilayotgani uchun AQSh dollarida baholanadi. Oshsa oshadi, tushsa tushadi. Ancha vaqt o‘tganligi uchun men bergan so‘mdagi pul miqdori o‘z qadr-qiymatini yo‘qotib bo‘lgandi. Ochig‘i,biroz ensam qotdi. Pulga rostdan ham muhtoj inson bo‘lganida mayli edi. Dorixonaga ham taksida chiqib keladigan odam bo‘lgani uchun alam qildi. Sudxo‘rlik bo‘lmasin, biz ortig‘iga kelishmaganmiz deb indamay oldim.

Hurmatli Ustoz! Odamlar orasida bunday vaziyatlar ko‘p bo‘lishi haqida o‘ylab qoldim va sizga shu masala yuzasidan murojat qilishga qaror qildim. Meniki-ku, mayli, unchalik katta miqdorda emas. Lekin ba’zi odamlar juda katta pul oldi-berdisini qiladilar. Ular shunday vaziyatga tushsalar,qanday yo‘l tutishlari kerak? Iltimos,shu haqida ma’lumot bersangiz!Alloh sizdan rozi bo‘lsin!

Bo`lim Muomalotlar
9700
Javob:

Va alaykum assalom. Avvalo, qarz oldi-berdisini yozib, guvohlar ishtirokida hujjatli qilib qo‘yiladi. Shunda orada turli muammo chiqmaydi. Chiqqan taqdirda ham ana o‘sha xatga muvofiq hal etiladi.

Qarzni o‘z miqdorida qaytarish lozim. 100.000 so‘m olib, keyin 150.000 ming so‘m qilib qaytarish sudxo‘rlikdir. Agar uzoqroq muddatga olinayotgan bo‘lsa, o‘zaro kelishib, chet el valyutasi kursida hisoblab qo‘ysa ham bo‘ladi. Masalan, birovga 1.500.000 so‘m berib, dollarda yoki yevroda mana buncha bo‘ladi, qarzni mana shu valyutada qaytarasiz, deb kelishib olsa bo‘ladi. Shunda ribo ham bo‘lmaydi, pulning qadrsizlanishi ham hisobga olinadi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216302
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Pulning qadrsizlanishi va qarz masalasi

Assalomu alaykum. Yana bir masalaga oydinlik kiritib bersangiz degan umiddasizga murojaat qilyapman. Bir vaqtlar qoshnim mendan qarz olgan edi. Topish-tutishi yomon emas. Hatto xojalik ishlarida ham bozordan mardikor yollab ishlatadi. Bizda har bir xarajatimiz rejali, tejab ishlatamiz, ortahol oilamiz. Bir-ikki marotaba eslatdim, bolsa,olib chiqib ber,dedim. Lekin oradan ancha vaqt otib ketdi. Kuni kecha osha olgan qarzini olib chiqib berdi. Somda olgan edi. Sir emaski,hozirgi kunda kopgina narsalar chet eldan keltirilayotgani uchun AQSh dollarida baholanadi. Oshsa oshadi, tushsa tushadi. Ancha vaqt otganligi uchun men bergan somdagi pul miqdori oz qadr-qiymatini yoqotib bolgandi. Ochigi,biroz ensam qotdi. Pulga rostdan ham muhtoj inson bolganida mayli edi. Dorixonaga ham taksida chiqib keladigan odam bolgani uchun alam qildi. Sudxorlik bolmasin, biz ortigiga kelishmaganmiz deb indamay oldim. Hurmatli Ustoz! Odamlar orasida bunday vaziyatlar kop bolishi haqida oylab qoldim va sizga shu masala yuzasidan murojat qilishga qaror qildim. Meniki-ku, mayli, unchalik katta miqdorda emas. Lekin bazi odamlar juda katta pul oldi-berdisini qiladilar. Ular shunday vaziyatga tushsalar,qanday yol tutishlari kerak? Iltimos,shu haqida malumot bersangiz!Alloh sizdan rozi bolsin!

9700