Ассалому алейкум
Mavzu:

Jannat ahlining soqoli bo‘lmaydimi? 05.10.2017

Savol:

Jannatda hech kimda soqol bo‘lmas ekan. Shu bilan birga sochi va badanidagi tuklari bo‘lmaydimi? Odamlar jannatda ham namoz o‘qishadimi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
10094
Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym! Jannatiylarda soqol bo‘lmas ekan, degan ma’noni to‘g‘ri tushunish kerak. Bunda “soqoli chiqadigan yoshda ham ulardan soqol chiqmaydi” mazmuni iroda qilinmagan. Balki jannatiylar endi voyaga yetgan navqiron o‘smir ko‘rinishida bo‘ladilar. Ma’lumki, hali soqoli chiqmagan bolaning mo‘ylabi biroz sabz urgan bo‘ladi. Jannatiylar ana shu shaklda bo‘ladilar. Soqoli bo‘lmasligini mana shunday tushunish kerak. Yana jannat ahlining badanida tuklar bo‘lmasligi aytilgan, ammo soch haqida to‘xtalinmagan. Ma’lumki, soch insonga ziynat vazifasini o‘taydi. Badandagi qora tuklar odam husnini biroz buzishi mumkin. Ammo soch hech bir jihatdan odamga xalaqit bermaydi. Xullas, siz so‘ragan mavzuda quyidagi rivoyat vorid bo‘lgan. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Jannat ahli badanlarida bironta tuk va yuzlarida soqol bo‘lmagan, ko‘zlari tim qora, o‘ttiz uch yoki o‘ttiz yoshli hollarida jannatga kiradilar” (Termiziy, Ahmad va Tabaroniy rivoyati. Hadis sanadi hasan).

Demak, jannat ahli badanlarida husnga xalaqit beruvchi ortiqcha tuklar bo‘lmas ekan. Shuningdek, yuzlarining ikki yonida soqol chiqmagan bo‘lar ekan. Ular endi voyaga yetgan o‘smir yigitlar suratida, ammo yoshlari o‘ttiz uchda bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Jannat ahlining badanlarida tuk, yuzlarida soqol bo‘lmaydi, ko‘zlari esa qoradir. Ularning yoshliklari tugamaydi, liboslari eskirmaydi” (Termiziy va Dorimiy rivoyati. Rivoyat sanadi hasan).

Jannat ahlining yuzlarida soqol bo‘lmasligi ularning naqadar chiroyli bo‘lishlaridan dalolatdir.

Jannatda bandalar namoz o‘qishi haqida biron rivoyatni ko‘rmadik (balki bo‘lishi mumkin). Ba’zi xabarlarda jannatda shukr ma’nosida sajda qilinishi aytilgan. Ammo bu jannatda dunyodagi kabi besh vaqt namoz o‘qish shartligini bildirmaydi. Boshqa rivoyatlarda dunyodagi namoz vaqtlarida jannat ahliga Alloh tarafidan tuhfa kelishi, farishtalar ularga salom berishlari aytilgan. Demak, bundan xulosa chiqadiki, jannatda namoz o‘qish shart bo‘lmaydi. Sababi u yer lazzat va farog‘at maskanidir. Namoz esa mana shu o‘tkinchi dunyoda farz qilingan. Namoz va boshqa sinovlar ham mana shu dunyoga xosdir. Vallohu a’lam!

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216417
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Jannat ahlining soqoli bo‘lmaydimi? 05.10.2017

Jannatda hech kimda soqol bolmas ekan. Shu bilan birga sochi va badanidagi tuklari bolmaydimi? Odamlar jannatda ham namoz oqishadimi?

10094