Ассалому алейкум
Mavzu:

Haddidan oshish emasmi? 17.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum Ustoz! Sizga Allohdan mukammal ilm tilayman! Savolim shundaki, agar inson har nomozdan so‘ng, o‘qigan nomoziga shukrona (Alloh shu nomozni o‘qishga qodir qilganligi uchun) keltirib ikki rakat nomoz o‘qib qo‘ysa dinda haddidan oshish xisoblanadimi? 

Bo`lim Ibodat masalalari
9631
Javob:

Va alaykum assalom. Alloh taolo solih amallarga ishtiyoqingizni ziyoda qilsin!

Har bir mo‘min-musulmon banda kunda besh mahal farz namozlarini o‘qishi lozim. Shu bilan birga, farzlarga tobe bo‘lgan sunnati muakkada namozlarini ham o‘qiydi. Agar ko‘proq ibodat qilishga moyilligi bo‘lsa, unda kechasi turib tahajjud namozlarini o‘qigani ma’qul. Choshgoh vaqtida o‘qiladigan zuho namozi ham fazilatli amallardandir. Peshinning ikki rakat sunnatidan keyin ikki rakat, asrdan oldin to‘rt rakat, shomdan keyin olti rakat, xuftonning farzidan oldin to‘rt rakat nafl namoz o‘qishi haqida ko‘rsatmalar kelgan. Qolaversa, tahorat olgach ikki rakat namoz o‘qish xosiyati haqida ham rivoyatlar bor.

Agar siz farz va sunnat namozlaridan tashqari yana namoz o‘qimoqchi bo‘lsangiz, nafl niyati bilan o‘qishingiz joiz. Faqat, nafl namoz o‘qilmaydigan vaqtlarga e’tiborli bo‘lish kerak. Vallohu a’lam! (Manba: “Kifoya”).

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216739
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Haddidan oshish emasmi? 17.09.2017

Assalomu alaykum Ustoz! Sizga Allohdan mukammal ilm tilayman! Savolim shundaki, agar inson har nomozdan song, oqigan nomoziga shukrona (Alloh shu nomozni oqishga qodir qilganligi uchun) keltirib ikki rakat nomoz oqib qoysa dinda haddidan oshish xisoblanadimi?

9631