Ассалому алейкум
Mavzu:

Bal’am ibn Bouro qissasi sahihmi? 16.07.2017

Savol:

 Assalomu alaykum. Savol: Ba’zi adabiyotlarda haq yo‘ldan adashgan Bani Isroillik rohiblar va tariqat shayxlari haqidagi hikoyalarni o‘qib qolamiz. Ulardan eng mashhurlari sifatida Bal’am Bour va Shayx San’on qissalarini misol qilish mumkin. Mazkur shaxslar haqidagi qissalar sahihmi? Sahih rivoyatlarda bu rivoyatlar qay tarzda rivoyat qilingan? Agar imkoni bo‘lsa shu rivoyatlarni bizlarga bayon qilib bersangiz.

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
4522
Javob:

Va alaykum assalom. Alloh taolo A’rof surasida shunday degan: (Ey Muhammad,) ularga (ya’ni, yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling – unga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u o‘sha oyatlardan chetlangach (ya’ni, ularga amal qilmagach), uni shayton ergashtirib ketdi, yo‘ldan ozuvchilardan bo‘lib qoldi. Agar Biz xohlasak, uni o‘sha oyatlar sababli (yuqori darajalarga) ko‘targan bo‘lardik. Lekin u yerga (ya’ni, mol-dunyoga) berildi va havoyi nafsiga ergashdi. Uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydi, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi. Bu Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalarning misolidir. Ular tafakkur qilsinlar uchun Siz bu qissalarni so‘ylang” (A’rof surasi, 175-176-oyatlar).

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytishicha, bu oyatlar Bal’am ibn Bouro haqida nozil bo‘lgan (Ibn Jarir, Abd ibn Humayd va Ibn Mardavayh rivoyati).

Manbalarda, bu kishi otasining ismi turlicha keltirilgan: Bal’am ibn Bouro, Bal’am ibn Abara, Bal’am ibn Omir (Manba: Jaloliddin Suyutiy, “Ad-durrul mansur”).

Bal’am ibn Boir shaklida ham kelgan (“Tafsiru ibni kasir”).

“Rivoyat qilinishicha, bu qissa bani isroillik bir kishi haqida nozil bo‘lgan. Uning duosi mustajob bo‘lardi. Agar Allohdan biron narsa so‘rasa, Alloh unga berardi. Muso alayhissalomdan keyin Yusha’ ibn Nun falastinlik zolimlar bilan urushmoqchi bo‘lganida, bu odam Bani Isroil qavmidan chiqib, dushman tarafga o‘tib ketadi, ularni urush qilishga chorlaydi. “Agar sizlar Bani Isroilni o‘ldirish uchun urush qilsangiz, men ularning zarariga duo qilib, hammasini halok etaman”, deydi” (As’ad Havmad, “Aysarut tafosir”).

Qatoda Ka’bdan rivoyat qilishicha, u Balqo ahlidan edi, Allohning ismi a’zamini bilardi. U Baytul Maqdisda zolimlar bilan birga yashardi.

Molik ibn Dinorga ko‘ra, Ba’lam Bani Isroil ulamolaridan bo‘lgan, uni qiyin damlarda ulug‘lashardi. Muso alayhissalom uni Madyan podshohini da’vat qilish uchun yuborgan. Podshoh unga ko‘p narsa hadya etgan. Bal’am Muso alayhissalom dinini tark etib, Madyan podshohi diniga kirgan (Manba: Ibn Kasir, “Tafsirul qur’onil azim”).

“Ushbu ikki oyat Muso alayhissalom davridagi mol-dunyoga berilgan bir yahudiy “olim” haqida nozil bo‘lgan esa-da, ularning hukmi, ilmiga amal qilmay dinfurushlik bilan kun o‘tkazadigan “ulamolar”ning barchasiga taalluqlidir...” (Alouddin Mansur, “Qur’oni karimning o‘zbekcha izohli tarjimasi”).

Ibn Jarir, Abu Shayx rivoyat qilishicha, Mo‘’tamirdan ushbu oyat haqida so‘ralganida, u Sayyordan uzun rivoyatni naql qilgan ekan. Lekin uning sanadi haqida biron narsa deyilmagan.

Ibn Abu Hotim, Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, bani isroillik o‘sha “olim” xotinini uch marta duo qilgan. Lekin, Ibn Kasir rivoyatni “g‘arib”, degan (Qarang: “Tafsiru ibni kasir”).

Ibn Kasir aytishicha, mazkur oyatning sababi nuzuli haqidagi mashhur qavlga ko‘ra, u o‘tmishda Bani Isroil qavmi yashab o‘tgan kishi haqida nozil bo‘lgan.

Xullas, A’rof surasining 175-176-oyatlari Bal’am ismli bani isroillik kishi haqida nozil bo‘lgani ma’lum. Uning duosi mustajob ekani, Allohning ismi a’zamini bilishi, biroq dushman tarafga o‘tib ketib, Bani Isroil zarariga duo qilgani ham aytiladi. Ammo Bal’am ibn Bouro haqida keltirilgan rivoyatlarning sahih ekani ma’lum emas. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216931
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Bal’am ibn Bouro qissasi sahihmi? 16.07.2017

Assalomu alaykum. Savol: Bazi adabiyotlarda haq yoldan adashgan Bani Isroillik rohiblar va tariqat shayxlari haqidagi hikoyalarni oqib qolamiz. Ulardan eng mashhurlari sifatida Balam Bour va Shayx Sanon qissalarini misol qilish mumkin. Mazkur shaxslar haqidagi qissalar sahihmi? Sahih rivoyatlarda bu rivoyatlar qay tarzda rivoyat qilingan? Agar imkoni bolsa shu rivoyatlarni bizlarga bayon qilib bersangiz.

4522