Ассалому алейкум
Mavzu:

Abdulqodir Jiyloniy o‘liklarni tiriltirganmi?! 15.07.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining “o‘likni tiriltirganlari" va “yenglari ostida jannat bilan jahannamni ko‘rsatganlari” rostmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
10797
Javob:

   Va alaykum assalom. Abdulqodir ibn Muso ibn Abdulloh ibn Jankidust Abu Muhammad Muhyiddin Hasaniy Jiyloniy (mel. 1078-1166, hij. 471-561) mashhur so‘fiy va zohidlardan, qodiriya tariqati asoschisi sanaladi. U Tabaristonning Jiylonida tug‘ilgan. Yigitligida Bag‘dodga borib, u yerda ilm va tasavvvuf ahlini o‘ziga lozim tutgan. U va’z-nasihat aytishda mashhur sanalgan. Bag‘dodda dars va fatvo berishga boshchilik qilgan. Abdulqodir Jiyloniy melodiy 1166, hijriy 561 yilda Bag‘dodda vafot etgan.

   Abdulqodir Jiloniyning bir qancha kitoblari bor. Uning manoqibiga oid ko‘plab kitoblar ham yozilgan. U kishining izdoshlari va boshqalar siz aytgan mubolag‘a gaplarni to‘qib chiqarishgan. Oddiy bandaning o‘lik odamni tiriltirishi mumkin emas. Bu sifat Alloh taologagina xosdir. Payg‘ambarlardan Iso alayhissalomga o‘liklarni tiriltirish mo‘’jizasi berilgani Qur’oni karimda aytilgan. Ammo u kishi ham “Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltiraman”, deb ta’kidlab o‘tgan. Shunday ekan, bu kabi hodisalar haqidagi rivoyatlarning asosi yo‘q, desak bo‘ladi. Ularga chalg‘ish kerak emas. To‘g‘ri, biz Abdulqodir Jiyloniyning o‘ta taqvodor, valiy zot va karomat sohibi bo‘lganini bilamiz. Ammo siz aytganingizdek, yenglari ostida jannat va do‘zaxni ko‘rsatganlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216420
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Abdulqodir Jiyloniy o‘liklarni tiriltirganmi?! 15.07.2017

Assalomu alaykum. Abdulqodir Jiyloniy hazratlarining olikni tiriltirganlari" va yenglari ostida jannat bilan jahannamni korsatganlari rostmi?

10797