Ассалому алейкум
Mavzu:

Marhum chiqqan uyda havl namozi o‘qiladimi? 14.07.2017

Savol:

Shom namozidan keyin o‘qiladigan “Xavl” namozi qanday namoz. Bu namozga qanday niyat qilinadi va qay tartibda o‘qiladi.

Marhum chiqqan xonadonda ko‘p joylarda shom namozidan keyin ikki rakat namoz o‘qishadi. Bu namozning savobi marhumga tegar emish. Agar shu to‘g‘ri bo‘lsa, bu namoz qanday nomlanadi. Bu namozga qanday niyat qilinadi va qay tartibda o‘qiladi. Marhum chiqqan kuni o‘qiladimi, uch kun davomidami yoki doimiymi.

Bo`lim Ibodat masalalari
14302
Javob:

Bismillah, valhamdulillah. Ba’zi joylarda mayyit chiqqan xonadonda havl degan namoz o‘qishar ekan. Buning shariatda hech qanday asosi yo‘q. Hadisi shariflarda aytilishicha, mayyit haqida istig‘for aytiladi, qabrdagi savol-javoblarni yengil qilishi Allohdan so‘raladi, haqiga duolar qilinadi.

Agar mayyit egalari avval namoz o‘qimay yurgan bo‘lsalar besh vaqt namozni boshlasalar, ibodatdan keyin o‘tganlar haqiga duolar qilsalar, nur ustiga nur bo‘ladi (Manba: “Kifoya”, “Istig‘forning 40 xosiyati”).

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216325
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Marhum chiqqan uyda havl namozi o‘qiladimi? 14.07.2017

Shom namozidan keyin oqiladigan Xavl namozi qanday namoz. Bu namozga qanday niyat qilinadi va qay tartibda oqiladi. Marhum chiqqan xonadonda kop joylarda shom namozidan keyin ikki rakat namoz oqishadi. Bu namozning savobi marhumga tegar emish. Agar shu togri bolsa, bu namoz qanday nomlanadi. Bu namozga qanday niyat qilinadi va qay tartibda oqiladi. Marhum chiqqan kuni oqiladimi, uch kun davomidami yoki doimiymi.

14302