Ассалому алейкум
Mavzu:

Ikki xil sifatdagi molni bir xil narxda sotish hukmi! 18.05,2017

Savol:

   Assalomu alaykum, Qori aka. Bozorda sotilayotgan mahsulotlar ikki xil bo‘lishi mumkin. Masalan, mahsulot tannarxi arzonroq tushishi va ko‘proq foyda qolishi uchun asliy mahsulotni qo‘lbola qilib chiqarishadi va uni bozorda asliy, toza mahsulotlar qatorida bir xil narxda sotishadi. Shu ish to‘g‘rimi? Bunda sotuvchi qanday yo‘l tutishi lozim? Sotuvchi bunday mahsulotlarni bilishi ham, bilmasligi ham mumkin. Shu masalani yaxshilab tushuntirib bersangiz!

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
4713
Javob:


  Va alaykum assalom. Tijoratda, umuman har bir ishda halol bo‘lish kerak. Mijozlarni aldash, ko‘zbo‘yamachilik qilish katta gunoh. Zero, bu bilan, bir tarafdan yolg‘onchilik qilinsa, ikkinchi tarafdan birovning haqqi yeyilgan bo‘ladi. Savdoda har bir molni sifatiga qarab sotish kerak. Sifatlisining narxi balandroq, sifatsizini alohida qilib, narxini asliynikidan arzonroq sotiladi (bunda mijoz bir turdagi ikki xil mahsulot farqini ajrata bilish yoki bilmasligi ahamiyatsiz. Sababi ojiz banda bilmasa ham qodir Alloh biladi). Sifatsiz mahsulotlarni sifatlisining ichiga qo‘shib, bir xil, ya’ni qimmat narxda sotish mumkin emas. Misol uchun, Xitoyning sifatsiz mahsulotlarini Italiya yoki Turkiyaning asl mollari, deb sotish yoki ular ichiga aralashtirib yuborish joiz emas. Bu yo‘l bilan topilgan pul haromdir! 

Agar sotuvchi shunday ishlarga guvoh bo‘lsa, xo‘jayiniga bu ish mumkin emasligini, har bir sifatdagi molni alohida narxlarda sotish lozimligini tushuntirishi kerak. Agar ikki xil mahsulot farqini ajrata olmasa, ma’zur sanaladi. 

Savdoda pulning ko‘pligiga emas, uning barakali bo‘lishi, oz bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topilishiga e’tibor qaratish kerak. Shunda savdoda baraka va rivoj, ishlar unumli, muhimi qalb xotirjam, bandaning Alloh oldidagi mavqe’i baland va yuzi yorug‘ bo‘ladi. 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216270
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ikki xil sifatdagi molni bir xil narxda sotish hukmi! 18.05,2017

Assalomu alaykum, Qori aka. Bozorda sotilayotgan mahsulotlar ikki xil bolishi mumkin. Masalan, mahsulot tannarxi arzonroq tushishi va koproq foyda qolishi uchun asliy mahsulotni qolbola qilib chiqarishadi va uni bozorda asliy, toza mahsulotlar qatorida bir xil narxda sotishadi. Shu ish togrimi? Bunda sotuvchi qanday yol tutishi lozim? Sotuvchi bunday mahsulotlarni bilishi ham, bilmasligi ham mumkin. Shu masalani yaxshilab tushuntirib bersangiz!

4713