Ассалому алейкум
Mavzu:

Kelinga qancha mahr berish kerak? 20.03.2017

Savol:

   Assalomu alaykum, qori aka! Hozirgi kunda birin-ketin tengdosh o‘rtoqlarim oila qurishmoqda. Ularni shar’iy nikohdan o‘tkazish vaqtida bir savol kelib chiqmoqda: kuyov kelinga qancha mahr berishi kerak? Bu biron-bir me’yor bilan o‘lchanadimi? Iltimos, hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda shu savolga javob bersangiz!

Bo`lim Fiqh
13368
Javob:


    Va alaykum assalom. Barcha faqihlar nazdida, mahrning ko‘pi chegaralanmagan. Bu kuyovning himmati, moliyaviy holatiga qarab belgilanadi. Biroq, ulamolar mahrning oz bo‘lishi mustahab ekanini ta’kidlashgan. Sababi Ibn Abbos roziyallohu anhodan qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “U (ayol)larning eng yaxshisi mahri yengil bo‘lganidir”, deganlar (Tabaroniy va Ibn Hibbon rivoyati).

   Mahrni yengil qilish xayrli ish ekani haqida bundan boshqa rivoyatlar ham bor. Lekin har bir ishda o‘rtacha bo‘lish Islom shariati talablaridan ekanini mahr bobida ham unutmaslik lozim.
Mahrning eng kam miqdori borasida turli fikrlar aytilgan. Jumladan, shofe’iy va hanbaliylar nazdida, mahrning eng kam miqdori belgilanmagan. Balki biron qiymatga ega, sotiladigan, mol sifatida qadrlanadigan har qanday narsa oz yo ko‘p bo‘lishidan qat’i nazar mahr bo‘ladi. Biroq juda arzimas narsalarni, kishilar nazdida qiymati past buyumlarni mahr sifatida berilmaydi. Bu qavl Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Abbos, Hasan Basriy, Said ibn Musayyab, Ato, Amr ibn Diynor, Ibn Abu Laylo, Sufyon Savriy, Avzo’iy, Lays, Ishoq va Abu Savrga tegishli.

   Rivoyat qilinishicha, Said ibn Musayyab qizini ikki dirham mahr bilan uzatgan va: “Agar bir qamchi bersa ham, qizim unga halol bo‘lardi”, degan (“Al-Hoviy”, “Mug‘nil muhtoj”).
Hanafiylar, molikiylar, shuningdek, Said ibn Jubayr, Naxa’iy, Ibn Shubruma nazdida, mahrning eng ozi ma’lum miqdor bilan belgilangan. Ammo eng oz miqdor qanchaligi borasida turli qavllar keltirilgan.

   Hanafiy mazhabi ulamolari nazdida mahrning eng kami o‘n dirham yoki uning qiymatidir. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “O‘n dirhamdan kamida mahr yo‘q”, deganlar (Doraqutniy rivoyati).
Ali ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumolar: “Mahr o‘n dirhamdan kam bo‘lmaydi”, deyishgan. Demak, uylangan kuyov kelinga qancha mahr berishni niyat qilsa ham, kamida o‘n dirham mahr berishi vojib bo‘ladi. Agar ko‘p bersa, o‘zining ixtiyori. Ammo kam bersa, o‘n dirhamdan ozi mahr o‘rniga o‘tmaydi, deyiladi bizning hanafiy mazhabida.

O‘n dirham zakot nisobining yigirmadan biriga to‘g‘ri keladi. Mahr kelinning shaxsiy mulki bo‘lib, undan hech kim, hatto eri ham foydalanishi mumkin emas. Faqat xotini ruxsat bersa, foydalansa bo‘ladi. Shu sabab kelinning o‘zi ishlatishi mumkin narsalarni mahr qilib berish maqsadga muvofiqdir. Uy-joyni mahr sifatida berib, keyin undan bemalol foydalanish noto‘g‘ri. Mahr belgilashda juda ahamiyatli bo‘lish, og‘ziga kelganini mahr qilib beravermaslik, mahr kelinning o‘ziga mulk bo‘lib qolishini e’tiborga olish talab etiladi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216967
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Kelinga qancha mahr berish kerak? 20.03.2017

Assalomu alaykum, qori aka! Hozirgi kunda birin-ketin tengdosh ortoqlarim oila qurishmoqda. Ularni shariy nikohdan otkazish vaqtida bir savol kelib chiqmoqda: kuyov kelinga qancha mahr berishi kerak? Bu biron-bir meyor bilan olchanadimi? Iltimos, hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda shu savolga javob bersangiz!

13368