Ассалому алейкум
Mavzu:

Tasbeh namozini qachon o‘qigan ma’qul?

Savol:

Assalomu alaykum, Domla. Savolim bor edi. Bir joyda tasbeh namozi haqida o‘qib qoldim. Juma kuni zavol payti o‘qish mustahabdir, deyilgan ekan. Bu qaysi payt? Iltimos, shu haqida batafsil ma’lumot bersangiz. Javob uchun rahmat. Umringiz ziyoda bo‘lsin!

Bo`lim Ibodat masalalari
30647
Javob:

   Va alaykum assalom. Tasbeh namozi nafl sanaladi. Uni (qaytarilgan vaqtlardan tashqari) istalgan paytda o‘qisa bo‘ladi. Kunduzimi, kechasimi, farqi yo‘q.

   O‘qish tartibi quyidagicha: Niyat qilinib, quloq qoqilganidan so‘ng sano o‘qiladi. So‘ng “Subhaanalloh, valhamdulillaah, va laa ilaaha illallohu vallohu akbar”, deb 15 martta aytiladi. So‘ng “Auzu billaahi minash-shaytonir rojiym, bismillaahir rohmaanir rohiym”, deb Fotiha bilan zam surasi o‘qiladi”. Ruku, qiyom va sajdada 10 martadan “Subhaanalloh, valhamdulillaah, va laa ilaaha illallohu vallohu akbar”, deyiladi. Shunday shaklda 4 rakat o‘qiladi.

   Ibn Abu Sayf Yamaniy “Al-lama’” kitobida keltirishicha, Termiziy shunday degan: “Tasbeh namozini juma kuni zavol paytida o‘qish mustahabdir. Birinchi rakatda Fotihadan keyin Takosur surasini o‘qiydi. Ikkinchisida Asrni, uchinchisida Kofirunda, to‘rtinchi rakatda Ixlosni o‘qiydi”.

    Tasbeh namozini asosan kechasi o‘qigan afzal. 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216296
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Tasbeh namozini qachon o‘qigan ma’qul?

Assalomu alaykum, Domla. Savolim bor edi. Bir joyda tasbeh namozi haqida oqib qoldim. Juma kuni zavol payti oqish mustahabdir, deyilgan ekan. Bu qaysi payt? Iltimos, shu haqida batafsil malumot bersangiz. Javob uchun rahmat. Umringiz ziyoda bolsin!

30647