Ассалому алейкум
Mavzu:

Qazi tayyorlashda chet eldan keltirilgan ichaklarni ishlatsa bo‘ladimi? 20.02.2017

Savol:

     Assalomu alaykum. Hurmatli Odilxon qori aka , bir yaqin ukamiz qazi maxsulotini tayyorlash va sotish bilan tirikchilik qiladilar. Aniq bo‘lishicha o‘zimizni yurtimizdagi so‘yilgan otlarni ichaklari, yurtimizda tayyorlanayotgan qazi maxsulotlari uchun yetmas ekan. Shuning uchun otni ichagi chet eldan asosan Polsha va Mongoliyadan olib kelinar ekan. Polsha axolisi asosan katolik-nasroniylar ekan, Mongollar esa asosan buddistlar ekan. Chet eldan , xususan yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan keltirilgan ichaklarni qazi tayyorlashda ishlatilsa to‘g‘ri bo‘ladimi ? Savol berishda kamchilik bo‘lgan bo‘lsa, uzur so‘rayman. Bizlarni ilim olishimizga sababchi bo‘layotgan sizga , sizlardan ilim o‘rganayotgan bizlarga xam Alloxni raxmati , barokati va xayirliklari bo‘lsin.

Bo`lim Fiqh
6960
Javob:

     Va alaykum assalom. Musulmon odam halol sanalgan, shariatga muvofiq so‘yilgan hayvonlar go‘shtini yeyishi mumkin. Siz aytgan holatda buning aniq hukmini aytish qiyin. Chunki Polsha yoki Mo‘g‘ulistondan keltirilgan ichaklar qanday hayvonniki, ularni kim tomonidan, qanday holatda so‘ygani ma’lum emas. Buni bilmay turib halol yoki harom deb bo‘lmaydi. Shuning uchun bunaqa vaziyatda ehtiyot tarafi olinadi. Ya’ni, halolligi aniq mahsulotlar iste’mol qilinadi, harom, shuningdek, shubhali narsalardan saqlaniladi.
    Qazi va kolbasa kabi narsalarni tayyorlashda ishlatiladigan ichaklar o‘zimizning yurtda yoxud boshqa harqanday musulmon yurtda so‘yilgan qo‘ylardan olingan bo‘lishi lozim deb o‘ylaymiz. Chunki, aholisi musulmon diniga e’tiqod qiladigan joylarda hayvonlar shar’iy halollab so‘yiladi va halol hayvon go‘shtlari iste’molda asosiy o‘rinni egallaydi.
     Lekin, savolda tilga olingan holat bizni biroz taajjubga soldi. Biz qazi tayyorlashda o‘zimizda so‘yiladigan qo‘ylarning ichagi ishlatilishini bilardik. Polsha yoki Mongoliyadan keladigan ichaklardan tayyorlanadigan qazilar haqida eshitmagandik. Ehtimol, kimlardir shunday qilayotgandir. Lekin, mazkur ehtimol tufayli yurtimizda tayyorlangan qazilarni yeb bo‘lmaydi deydigan bo‘lsak, xalqni juda katta mashaqqat va harajga solib qo‘ygan bo‘lamiz. Zero, odamlar qazi olayotganda qaysi qazi shar’iy so‘yilgan qo‘yning ichagiga solinganu qaysi biri Polsha yoki Mongoliyadan keltirilgan ichakka tiqilganini aniq bilmaydilar. Natijada odamlar noqulayliklarga duchor bo‘lib qolishlari mumkin. Shuning uchun bu masalada aniq bilimga ega bo‘lmasdan qat’iy bir hukmni aytib bo‘lmaydi. Agar kishida shunday gumon paydo bo‘lib qolsa, eng yaxshisi, diyonati joyida bo‘lgan tanish insonlardan xarid qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216373
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qazi tayyorlashda chet eldan keltirilgan ichaklarni ishlatsa bo‘ladimi? 20.02.2017

Assalomu alaykum. Hurmatli Odilxon qori aka , bir yaqin ukamiz qazi maxsulotini tayyorlash va sotish bilan tirikchilik qiladilar. Aniq bolishicha ozimizni yurtimizdagi soyilgan otlarni ichaklari, yurtimizda tayyorlanayotgan qazi maxsulotlari uchun yetmas ekan. Shuning uchun otni ichagi chet eldan asosan Polsha va Mongoliyadan olib kelinar ekan. Polsha axolisi asosan katolik-nasroniylar ekan, Mongollar esa asosan buddistlar ekan. Chet eldan , xususan yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan keltirilgan ichaklarni qazi tayyorlashda ishlatilsa togri boladimi ? Savol berishda kamchilik bolgan bolsa, uzur sorayman. Bizlarni ilim olishimizga sababchi bolayotgan sizga , sizlardan ilim organayotgan bizlarga xam Alloxni raxmati , barokati va xayirliklari bolsin.

6960