Ассалому алейкум
Mavzu:

Biznes sirlarini birovga aytmasa bo‘ladimi? 17.02.2017

Savol:

     Assalomu alaykum, qori aka. Men sal kam to‘qqiz yil bir sohada ishlab, shu sohaning ozmi-ko‘pmi mutaxassisiga aylandim. O‘zim uchun yangi biznes ochib, ishlab chiqazishni yo‘lga qo‘ydim va hozirda O‘zbekistonning hamma viloyatlari bilan ishlaymiz. Endi mening ishimni ko‘rib turgan odamlar kelib, “biz ham shu ishni qilmoqchimiz. Ishingizni ko‘rsating”, deyapti yoki maslahat so‘rayapti. Men nima sababdir ularga o‘rgatgim kelmayapti. Chunki bu mening shuncha yillik mehnatim samarasi. Biroq o‘zimni olib qochib yursam qo‘yishmayapti. Bitta yo‘li ularga yolg‘on gapirishim qolyapti. Ammo bunday qilgim kelmayapti. Ertaga ular menga ishonib ancha pul tikib qo‘ysa, keyin ishlari kasodga uchrasa, vijdonim qiynaladi. Ularga ochiq-oydin “o‘rgatmayman”, ham deyolmayapman. Maslahat bering, nima qilishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat.

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
4787
Javob:

    Va alaykum assalom. Bunda umumiy qoidalar o‘rgatiladi, ammo o‘zingiz kashf qilgan narsalarni, orttirgan tajribangizni birovga o‘rgatmaslikka haqqingiz bor. Sababi u sir bo‘lib, uni hammaga ham aytish shart emas. Uni o‘zingiz shuncha yillik tinimsiz mehnatingiz, hayotiy tajribangiz samarasi o‘laroq kashf qilgansiz. Biznesda hamma o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda ish qiladi va boshqalarga o‘zingiz yillar davomida bilib olgan malaka va tajribalarni aytmasligingiz mumkin. Yaxshisi, bunda umumiy qoidalarni ayting, o‘zingizgagina xos jihatlarga to‘xtalmang. Aytilganda sizga ziyon bo‘lishi mumkin narsalarni, yana siringizni birovga aytmang. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216981
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Biznes sirlarini birovga aytmasa bo‘ladimi? 17.02.2017

Assalomu alaykum, qori aka. Men sal kam toqqiz yil bir sohada ishlab, shu sohaning ozmi-kopmi mutaxassisiga aylandim. Ozim uchun yangi biznes ochib, ishlab chiqazishni yolga qoydim va hozirda Ozbekistonning hamma viloyatlari bilan ishlaymiz. Endi mening ishimni korib turgan odamlar kelib, biz ham shu ishni qilmoqchimiz. Ishingizni korsating, deyapti yoki maslahat sorayapti. Men nima sababdir ularga orgatgim kelmayapti. Chunki bu mening shuncha yillik mehnatim samarasi. Biroq ozimni olib qochib yursam qoyishmayapti. Bitta yoli ularga yolgon gapirishim qolyapti. Ammo bunday qilgim kelmayapti. Ertaga ular menga ishonib ancha pul tikib qoysa, keyin ishlari kasodga uchrasa, vijdonim qiynaladi. Ularga ochiq-oydin orgatmayman, ham deyolmayapman. Maslahat bering, nima qilishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat.

4787