Ассалому алейкум
Mavzu:

Ko‘z tegishiga qarshi nima qilish mumkin? 07.02.2017

Savol:

Assalomu alaykum! Ishlaringiz yaxshimi? Bir savol bor, javobi uchun oldindan rahmat! Bir qo‘shnim bor. O‘zi yaxshi odam, ammo ko‘zi tegib qoladi. Uydagi chorvalarga va boshqa narsalarga ko‘p ziyoni tegayapti. Jahli chiqsayam, xursand bo‘lsayam shunchaki gapirsayam biror ziyoni tegadi. Bunga qarshi nima chora ko‘rsa bo‘ladi?

Bo`lim Aqida
41154
Javob:

      Va alaykum assalom. Ko‘z tegishi deganda, hasad bilan qarash oqibatida yuzaga keladigan zarar nazarda tutiladi. Dushman yoki hasadgo‘y odam biron kishiga yoki narsaga suqlanib qarasa, unga ziyon yetishi ehtimoli bor.
        Islom e’tiqodiga ko‘ra, ko‘z tegishi haqiqat. Bu narsa hatto kishining o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, ko‘z tegishi hasad va ichiqoralik oqibatida paydo bo‘ladi. Sehr va issiq-sovuq kabi narsalar bandaga zarar yetkazishi rost. Bu tajribada o‘z isbotini topgan. Ibn Kasir rahmatullohi alayh: “Ko‘z tegishi va uning ta’siri Alloh azza va jallaning amri bilan haqdir”, degan (Manba: “Tafsiru ibni kasir”).
    Biz quyida ko‘z tegishidan saqlanish yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Zero, kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olish osonroq. Demak, ko‘z tegishidan saqlanish yo‘llari:

 

1. Ko‘z tegishi xavfi bor kishilardan ne’matni yashirish.
O‘ziga berilgan ne’matni odamlarga ko‘z-ko‘z qilaverish ham ma’qul emas. Ayniqsa, birovning yutuqg‘ini ko‘rolmaydigan, “ko‘zi” o‘tkir kimsalarga bunday ne’matlarni ko‘rsatmagan yaxshi. Zero, ularning bitta yomon nazari bilan erishilgan yutuq qo‘ldan chiqishi mumkin.

 

2. Fotiha surasi va Oyatul kursiyni o‘qish.
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Agar banda biron uyda Fotiha surasi va Oyatul kursiyni o‘qisa, o‘sha kuni ularga inson va jinning ko‘zi tegmaydi” (Daylamiy rivoyat qilgan).
    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Fotiha (surasi) har qanday dardga shifodir”, deganlar (Dorimiy sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Fotiha surasi ma’naviy illatlarga barham beradi. Fotihani o‘qigan inson Allohdan o‘zgaga sig‘inishdan, ojiz narsalardan madad so‘rashdan qutuladi. Qolaversa, bu sura tanadagi ayrim kasalliklarni davolaydi, ko‘z tegishiga, chayon chaqishiga shifo bo‘ladi. Bemorlarga Fotiha surasini o‘qib dam solinsa, Allohning izni bilan katta foydasi tegadi.
     Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qur’on oyatlarining sayyidi Oyatul kursiydir”, deganlar (Hokim rivoyat qilgan, “Bu – sahih sanadli hadis, lekin ikki shayx rivoyat qilmagan”, degan).
   Kechasi uxlashdan oldin Oyatul kursiyni o‘qigan odamga Alloh tarafidan bir farishta yuboriladi. Shundan keyin bandaga jin ham, shayton ham yaqinlasholmaydi. Mo‘min kishi Oyatul kursiyni o‘qib yotsa, kechasi miriqib uxlaydi, qo‘rqinchli tushlar ko‘rmaydi, ko‘ngildagidek dam oladi. Natijada odamning ishida ham unum bo‘ladi.
   Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Kimda-kim har bir farz namozidan keyin Oyatul kursiyni o‘qisa, kelasi namozgacha Allohning himoyasida bo‘ladi” (Tabaroniy hasan sanad bilan rivoyat qilgan).

 

3. Ixlos, Falaq va Nos suralarini o‘qish.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oila a’zolaridan birontasi kasal bo‘lib qolsa, muavvizot bilan dam solardilar. Vafot etishlaridan oldin betob bo‘lib qolganlarida, men u zotga dam solardim, qo‘llari bilan o‘zlarini silardim. Chunki u zotning qo‘llari menikidan barakaliroq edi” (Muslim rivoyat qilgan).
   Rasuli akram alayhissalom Ixlos, Falaq va Nos suralarini o‘qib, o‘zlariga va oila a’zolariga dam solardilar. Agar kasal bo‘lsalar, Oisha roziyallohu anho onamiz Qur’on o‘qib, u zotga dam solganlar.
    Rasululloh alayhissalom ayrim duolarni o‘qib, ins-jinlar ko‘zidan panoh so‘rab yurardilar. Falaq va Nos surasi tushganidan keyin, shu ikkisini o‘qishni odat qilganlar, boshqasini tark etganlar. Shuningdek, u zot sehrlanganlarida Falaq va Nos suralari bilan shifo topganlar. Bundan chiqdi, yomonliklarda panoh so‘rashda Falaq va Nos suralariga teng keladigani yo‘q. Mana shu ikki surani o‘qib yurgan odamga – Allohning izni bilan – hech qanday shikast-balo yaqin yo‘lamaydi.

 

4. Ko‘z tegishidan saqlashini so‘rab Allohga duo qilish.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam nabiralari Hasan va Husayn roziyallohu anhumoga shayton vasvasasidan va yomon ko‘zdan panoh so‘rab duo qilardilar, “Otangiz Ibrohim bu duo bilan Ismoil va Ishoqqa panoh so‘rardi”, deb aytardilar (Buxoriy rivoyat qilgan).
   Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatmalariga ko‘ra, biron musulmon banda birodariga yoki o‘zida biron ne’matni ko‘rsa, unga baraka tilaydi.
   Abdulloh ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar birontangiz birodarida yoki o‘zida yoki molida ajoyib narsani ko‘rsa, unga baraka so‘rasin. Zero, ko‘z (tegishi) haqdir”, deganlar” (Ahmad rivoyat qilgan).
   Mo‘min-musulmon kishi birodarida yoki o‘zida biron ne’matni ko‘rganida, “Yo Alloh! Bu ne’matga baraka ber!” deb duo qilsa, yomon ko‘zdan, nazar-nafasdan yiroq bo‘ladi, unga zarar yetmaydi. Boshqa rivoyatlarda kelishicha, bunday holatda “Maashaaallohu laa quvvata illaa billaah”, deb aytiladi.

 

Xulosa qiladigan bo‘lsak:

 

1. Insonga odamlar va jinlar ko‘zi tegadi.

 

2. Ko‘z tegishidan himoyalanish uchun, avvalo, Alloh taolo bergan ne’matlar shukri ado etiladi, ular bilan maqtanchoqlik qilinmaydi, imkon qadar ko‘pchilikdan – to‘g‘ri ma’noda – berkitiladi, ne’matni ko‘z-ko‘z qilinavermaydi.

 

3. Fotiha, Oyatul kursiy, Ixlos, Falaq va Nos suralarini o‘qish – Allohning izni bilan – bandani ko‘z tegishidan asraydi.

 

4. Agar kishi o‘zida yoki birodarida ajoyib, ko‘zni quvnatuvchi ne’matni ko‘rsa, unga baraka tilaydi, yomon ko‘zlardan saqlashini so‘rab Allohga duo qiladi.

Manba: “Qur’on – qalblar shifosi” kitobi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216032
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ko‘z tegishiga qarshi nima qilish mumkin? 07.02.2017

Assalomu alaykum! Ishlaringiz yaxshimi? Bir savol bor, javobi uchun oldindan rahmat! Bir qoshnim bor. Ozi yaxshi odam, ammo kozi tegib qoladi. Uydagi chorvalarga va boshqa narsalarga kop ziyoni tegayapti. Jahli chiqsayam, xursand bolsayam shunchaki gapirsayam biror ziyoni tegadi. Bunga qarshi nima chora korsa boladi?

41154