Ассалому алейкум
Mavzu:

“Maoshimning qanchasini sadaqa qilay?” 05.02.2017

Savol:

Hurmatli Odilxon kori aka! Xayriya haqida savolim bor edi. Xullas oylik maoshimning qancha qismini xayriya qilishimni tavsiya qilasiz va uni kimlarga berganim afzal? Oyligimni katta qismini ota onamga ro‘zg‘or qilishlari uchun beraman. Undan tashqari onamga o‘sha ajratilgan hayriya pulimni bersam bo‘ladimi?

Bo`lim Muomalotlar
7614
Javob:

    Bismillah, valhamdulillah. Savolingizga mana bu hadisi sharifdan javob olish mumkin.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: خَيْرُ الصَّدَقَةِ مَا كَانَ عَنْ ظَهْرِ غِنًى وَابْدَأْ بِمَنْ تَعُولُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ.

 

    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Eng yaxshi sadaqa ortganidan qilinganidir. Sen o‘z qo‘l ostingdagilardan boshla!” (Buxoriy, Nasoiy va Ahmad rivoyati).
    Agar odam boy-badavlat bo‘lsa, odamlarga infoq-ehson qiladi, sadaqalar beradi. Agar o‘rtahol yoki kambag‘al bo‘lsa, o‘zi oilasidan boshlaydi: ota-onasi, ayoli va farzandlarini kerakli narsalar bilan ta’minlaydi. Ahli ayoli muhtoj bo‘la turib o‘zgalarga “ehson” qilinmaydi. Birinchi galda o‘z oilasidan boshlanadi.
    Shundan kelib chiqib, maoshingizni eng avval ota-onangiz, xotiningiz va farzandlaringiz uchun sarflaysiz. Ortsa, aka-uka, opa-singillarga sadaqa qilasiz. Agar juda ortib qolsa, keyin boshqalarga infoq qilsangiz bo‘ladi. Sharti shuki, sadaqa qilish uchun inson avval o‘z oilasini ta’minlab qo‘ygan bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216746
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Maoshimning qanchasini sadaqa qilay?” 05.02.2017

Hurmatli Odilxon kori aka! Xayriya haqida savolim bor edi. Xullas oylik maoshimning qancha qismini xayriya qilishimni tavsiya qilasiz va uni kimlarga berganim afzal? Oyligimni katta qismini ota onamga rozgor qilishlari uchun beraman. Undan tashqari onamga osha ajratilgan hayriya pulimni bersam boladimi?

7614