Ассалому алейкум
Mavzu:

Ustki kiyimining qalpog‘ini kiyib namoz o‘qiydigan kishilar haqida 16.01.2017

Savol:

    Assalomu alaykum Qori aka. Savolim bor edi. Hozirgi kunlarda masjidga namoz o‘qishga kirganimda ko‘pincha kiyimini kapishonini kiyib, namoz o‘qiyotganlarga ko‘zim tushmoqda. G‘ayriddinlarning qaysidir vakillari ham shu uslubda ibodat qilishadi. Shu to‘g‘rimi? Oldindan rahmat!

Bo`lim Ibodat masalalari
9572
Javob:

   Va alaykum assalom. Musulmon odam urf-odatlarda g‘ayridinlarga o‘xshashga intilishi yaxshi emas. Shuningdek, namozga keladigan odamning libosi toza, kengroq, qulay, avratini yopadigan bo‘lishi talab etiladi. Agar imkoni bo‘lsa, boshkiyim bilan namoz o‘qilgani yaxshi. Dangasalik yoki kibr sabab boshyalang namoz o‘qish makruh sanaladi.
   Namozxon inson sal e’tiborliroq bo‘lishi, qayerga kelayotganini unutmasligi, atrofidagi namozxonlar e’tiborini tortmasligi, beo‘xshov qiliqlari yoki kiyinishi bilan ajralib turmasligi maqsadgna muvofiq.
   Lekin, hozirgi kunda butun dunyoda umumiy va urfga kirgan kiyimlar ko‘payib ketgan. Jumladan, palto, kurtka, kostyum-shim va hokazolar. Ularni musulmonlar ham, boshqa din vakillari ham kiyaveradilar. Siz savolda tilga olgan kapyushonli kurtkalar ham shu jumladandir. Bichimi o‘ta tor-tanqis bo‘lmasa, avratni berkitsa va shuhrat va odamlardan ajralib olish uchun kiyilmasa, bunday kiyimlarni kiyish joiz. Ko‘chada va ishda mazkur kiyimlarda yurgandan so‘ng, tabiiyki masjidga ham o‘sha kiyimlarda kelishga to‘g‘ri keladi. Zotan, dinimiz Islomda ibodat uchun maxsus ibodat kiyimi yo‘q. Yuqorida aytilganidek, libos avratni berkitsa, tor-tanqis bo‘lmasa va shuhrat uchun kiyilmasa, uni kiyganda hammadan ajralib qolinmasa, shuningdek turli najosatlardan pok bo‘lsa bunday kiyimni namozda va boshqa paytda kiyishning zarari yo‘q. Chunki, yuqorida tilga olingan kiyimlarning ko‘pi musulmon yurtlarda ham urfga kirgan. Libos, o‘z vazifasini ado etsa, materiali nojoiz narsalardan bo‘lmasa, masalan, erkaklar libosi ipakdan bo‘lmasa, ayollarning libosi kabi yaltir-yultir bo‘lmasa, uni kim qayerda ishlab chiqarganligi ahamiyatsizdir. Nabiy alayhissalom davrida liboslar turli joylardan kelardi. Va ularning ishlab chiqaruvchilarining ko‘plari o‘sha paytda musulmon yurtlari emasdi. Ul zot sollallohu alayhi va sallam Yamandan keltirilgan kiyimlarni kiyardilar.
    Ehtimol, siz ko‘zingiz tushgan kishilar alohida bosh kiyimi yo‘qligi uchun yoxud sovuqligi uchun kurtkalarining qalpoqlarini kiyib olgan bo‘lishlari ham mumkin. Shu bois bu holat haqida bir narsa deyish qiyin. Ammo, baribir, odamlarning e’tiborini tortmaydigan shaklda, urfda mavjud bo‘lgan bosh kiyimlar bilan namoz o‘qish afzalligini eslatamiz.
     Namozxon libosi haqida mana bu manzildan qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin: http://muxlis.uz/uz/blog/1472  

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216422
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ustki kiyimining qalpog‘ini kiyib namoz o‘qiydigan kishilar haqida 16.01.2017

Assalomu alaykum Qori aka. Savolim bor edi. Hozirgi kunlarda masjidga namoz oqishga kirganimda kopincha kiyimini kapishonini kiyib, namoz oqiyotganlarga kozim tushmoqda. Gayriddinlarning qaysidir vakillari ham shu uslubda ibodat qilishadi. Shu togrimi? Oldindan rahmat!

9572