Ассалому алейкум
Mavzu:

Ularni “onamiz” deyish mumkinmi? 04.01.2016

Savol:

     Assalomu alaykum Hazrat! Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim shuki, Rasululloh (s.a.v) ning onalari Omina yoki ularni emizgan sut Onalari Halimani bir do‘stimiz Omina onamiz, Halima onamiz deb gapiradi. Shu to‘g‘rimi? Ularni onamiz desak xato bo‘lmaydimi?

Bo`lim Odob-axloq
8923
Javob:

    Va alaykum assalom. Qur’oni karimda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning pokiza ayollari (jufti halollari) yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmonlar uchun ona sanalishadi. Shu bilan birga Payg‘ambar alayhissalom onalarini ham ona deymiz. Albatta, bu hurmat yuzasidan aytiladi. Odatda, orada nasab jihatidan yaqinlik bo‘lmasa-da, katta yoshli inson kichiklarga mehr ko‘rsatib, o‘ziga yaqin olib “O‘g‘lim”, kichiklar esa kattalarga hurmat yuzasidan “Ota”, “Ona”, “Bobo”, “Buvi” deb murojaat qiladi. Bu shar’an joiz sanaladi. Shundan kelib chiqib, muhtaram Payg‘ambarimiz onalari Omina bilan Halima Sa’diyani “onamiz” desak bo‘ladi. Vallohu a’lam!



Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 215957
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ularni “onamiz” deyish mumkinmi? 04.01.2016

Assalomu alaykum Hazrat! Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim shuki, Rasululloh (s.a.v) ning onalari Omina yoki ularni emizgan sut Onalari Halimani bir dostimiz Omina onamiz, Halima onamiz deb gapiradi. Shu togrimi? Ularni onamiz desak xato bolmaydimi?

8923