Ассалому алейкум
Mavzu:

Gap o‘ynash mumkinmi? 26.12.2016

Savol:

Assalom alaykum! Shariatimiz "Gap o‘ynash" va unda ishtirok etish haqida nima deydi, gap o‘ynash musulmon odam uchun dinimiz fiqhiy ahkomlari buyicha joizmi? Unda zarar yoki foyda bormi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8393
Javob:

   Va alaykum assalom. Avvalo, musulmon inson faqat pokiza joylarda o‘tiradi, halol narsalarni iste’mol qiladi. Keyin dasturxonga mast qiluvchi ichimliklar qo‘yilmaydi. Agar qo‘yilgan bo‘lsa, u joyda o‘tirilmaydi. Shuningdek, biron xonada o‘tirganda qimor, karta kabi narsalar o‘ynalsa, buning joiz emasligi tushuntiriladi. Agar qabul qilinsa, yaxshi. Aks holda unday yerda musulmon odamning bo‘lishi durust emas. Musulmon kishi biron joyda do‘stlari, tanishlari bilan uchrashadigan bo‘lsa, faqat yaxshi gaplarni gapiradi, odamlarni g‘iybat qilmaydi, tilini yolg‘ondan, tuhmatdan saqlaydi, g‘iybatga quloq solmaydi. Majlisdan turayotganida taomdan so‘ng o‘qiladigan duoni, yana mana bu duoni o‘qiydi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaaha illaa anta astag‘firuka va atuvbu ilayk”.
    Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar biron kishi majlisdan turayotganida (ushbu) kalimalarni uch marta aytsa, ular sababidan (gunohlari) kafforat qilinadi. Agar (o‘sha kalimalarni) yaxshilik majlisida, zikr majlisida aytsa, xuddi uzuk bilan sahifaga muhr bosilganidek, (o‘sha kalimalar) bilan uning uchun muhr bosiladi. (Ular quyidagi so‘zlardir:) Subhaanakallohumma va bihamdika laa ilaaha illaa anta astag‘firuka va atuvbu ilayk” (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih).
    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kim biron majlisda o‘tirsa, unda tushunarsiz (foydasiz) so‘zlari ko‘payib ketsa-yu, turishdan oldin “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaaha illaa anta astag‘firuka va atuvbu ilayk”, desa, o‘sha majlisida bo‘lgan (gunohlari, jumladan, til bilan bog‘liq xatolari) mag‘firat etiladi” (Termiziy, Ahmad, Ibn Hibbon, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih).
    Bu ikki rivoyat bejizga keltirilmadi. Zero, majlis oxirida istig‘for aytish nuqson-kamchiliklarni to‘g‘rilaydi. Agar bu ish tark etilsa, uqubatga, hasrat-nadomatga sabab bo‘lishi mumkin. Juda ko‘p yig‘inlar, gaplar behuda so‘zlardan, hazil-mutoyiba, g‘iybatdan iborat bo‘lishini e’tiborga olib, shuni odamlarga tushuntirishni, bilganlarga eslatib qo‘yishni lozim topdik.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216423
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Gap o‘ynash mumkinmi? 26.12.2016

Assalom alaykum! Shariatimiz "Gap oynash" va unda ishtirok etish haqida nima deydi, gap oynash musulmon odam uchun dinimiz fiqhiy ahkomlari buyicha joizmi? Unda zarar yoki foyda bormi?

8393