Ассалому алейкум
Mavzu:

Oynaga qarab, o‘ziga oro berish gunohmi? 21.11.2016

Savol:

    Assalomu alaykum, qori aka. Sog‘lig‘ingiz yaxshimi? Alloh taolo, o‘tkazayotgan diniy mav’izalaringizdan rozi bo‘lsin! Sizga beradigan savolim shundan iborat: oynaga ko‘p qarash gunohmi? Bu haqida suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan hadis vorid bo‘lganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! Alloh ilmingizni yanada ziyoda etsin!

Bo`lim Odob-axloq
8548
Javob:

    Va alaykum assalom. Alloh go‘zaldir, go‘zallikni yaxshi ko‘radi. Oynaga qarab, tashqi ko‘rinishini to‘g‘rilashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam oynaga qarasalar, “Barcha maqtovlar Allohga xos! Yo Alloh, shaklu shamoyilimni chiroyli yaratganingdek, xulqimni ham go‘zal qil!” deb duo qilar edilar. (Ibn Sunniy rivoyati).
   Demak, mo‘min banda oynaga qarab, libosi va sochini tuzatsa bo‘ladi. Lekin bunda ham me’yorni unutmaslik kerak. Huda-behudaga oynaga qarayverish, oyna oldida soatlar vaqtini bekor ketkazish yaxshi emas. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216913
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Oynaga qarab, o‘ziga oro berish gunohmi? 21.11.2016

Assalomu alaykum, qori aka. Sogligingiz yaxshimi? Alloh taolo, otkazayotgan diniy mavizalaringizdan rozi bolsin! Sizga beradigan savolim shundan iborat: oynaga kop qarash gunohmi? Bu haqida suyukli Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan hadis vorid bolganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! Alloh ilmingizni yanada ziyoda etsin!

8548