Ассалому алейкум
Mavzu:

Xavf va rajo mohiyati nima? 10.10.2016

Savol:

Assalomu alaykum Ustoz, ahvollaringiz yaxshimi? Ustoz men aqidai tahoviyani o‘qiyotib bir narsaga tushinmadim. Iqtibos keltirishga ijozat bergaysiz: “Mo‘’minlarning gunohkorlari haqqiga istig‘for aytamiz. Ularga Allohning azobi bo‘lishidan xavfsiraymiz. Ammo ularni Allohning rahmatidan noumid qilmaymiz. Allohning azobidan xotirjam bo‘lish va rahmatidan noumid bo‘lish islomdan begona qilib qo‘yadi. Haqiqat umid va qo‘rquv o‘rtasidadir”. Shu yerdagi haqiqat qanday haqiqat? Qanday qo‘rquv va umid haqida gapirganlar. Ustoz javob uchun oldindan rahmat. Bizni ham duolaringizda unutmang!

Bo`lim Aqida
9032
Javob:

Va alaykumus salom. Alloh taolo aytadi: “Bandalarimga Yolg‘iz Meninig O‘zim mag‘firatli, mehribon ekanimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!” (Hijr, 49-50). Ya’ni, ey Muhammad, bandalarimga Men rahmat va mag‘firat sohibi ekanimni, ayni paytda Mening azobim juda qattiq va alamli ekanini ayting, deb amr qilmoqda Alloh taolo.
     Ushbu oyat har bir mo‘min bandaning xavf va rajo, qo‘rquv va umid orasida turishi lozimligiga dalolat qiladi. Yana boshqa oyati karimada shunday deyilgan: “Yoki kechasi sajda qilgan va tik holda toat-ibodat qiluvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvardigorining rahmat-mag‘firatidan umid qiladigan kishi (bilan kufru isyonga g‘arq bo‘lgan kimsa teng bo‘ladimi?!)” (Zumar, 9).
    Mus’ab ibn Sobit roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir-biri bilan hazillashib, kulishayotgan sahobalar oldidan o‘tdilar va: “Jannatni eslanglar, jahannamni eslanglar”, dedilar. Shunda Hijr surasining 49-50 oyatlari nozil bo‘ldi” (Ibn Abu Hotim rivoyati).
     Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam bir guruh sahobalar oldiga chiqdilar. Ular suhbatlashib o‘tirgandilar. Shunda u zot: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar men bilgan narsani bilganingizda, kam kulib, ko‘p yig‘lagan bo‘lardingiz”, dedilar. U zot ketganlaridan keyin Alloh vahiy qilib, “Ey Muhammad, nega bandalarimni noumid qilasan?” dedi. Shunda u zot qaytib kelib, “Xursand bo‘linglar, doim Allohga muroqabada bo‘linglar, to‘g‘ri yo‘lda yuringlar!” dedilar” (Bayhaqiy “Shuabul-iymon”da rivoyat qilgan).
    Qatoda roziyallohu anhu yuqoridagi oyat haqida rivoyat qiladi: “Bizga Nabiy sollallohu alayhi va sallamning: “Agar banda Alloh taoloning avf-mag‘firati qay darajada ekanini bilganida, o‘zini harom (gunoh) ishlardan tiyib tura olmasdi. Agar u Alloh taoloning azobi qay darajada (dahshatli) ekanini bilganida, o‘zini yig‘ib olgan bo‘lardi”, deganlari rivoyat qilindi” (Abd ibn Humayd, Ibn Jarir, Ibn Munzir va Ibn Abu Hotim rivoyati).
    Demak, mo‘min banda Alloh taolo buyurgan amallarni sidqidildan bajaradi, U Zotning rahmatidan umidvor bo‘ladi. Ayni paytda gunohlardan tiyiladi, harom ishlardan o‘zini saqlaydi, ma’siyat tufayli Allohning azobiga yo‘liqishdan qo‘rqadi. Mana shuni xavf va rajo orasida turish deyiladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216291
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Xavf va rajo mohiyati nima? 10.10.2016

Assalomu alaykum Ustoz, ahvollaringiz yaxshimi? Ustoz men aqidai tahoviyani oqiyotib bir narsaga tushinmadim. Iqtibos keltirishga ijozat bergaysiz: Mominlarning gunohkorlari haqqiga istigfor aytamiz. Ularga Allohning azobi bolishidan xavfsiraymiz. Ammo ularni Allohning rahmatidan noumid qilmaymiz. Allohning azobidan xotirjam bolish va rahmatidan noumid bolish islomdan begona qilib qoyadi. Haqiqat umid va qorquv ortasidadir. Shu yerdagi haqiqat qanday haqiqat? Qanday qorquv va umid haqida gapirganlar. Ustoz javob uchun oldindan rahmat. Bizni ham duolaringizda unutmang!

9032