Ассалому алейкум
Mavzu:

Erkak ko‘ngil qo‘ygan ayoli bilan jannatda birga bo‘ladimi?

Savol:

Assalomu alaykum, ustoz. Men yuragimdagi bir savolga hech qayerdan to‘liq javob ololmayapman. Savolim shunday: men bir qizni yaxshi ko‘raman, lekin u boshqasi bilan turmush qurib ketgan. U ham meni yaxshi ko‘radi. Ammo hozir oramizda hech qanday munosabat yo‘q. Men uni haqiqatdan qattiq yaxshi ko‘raman. Kitoblarda keladiki, jannatda har bir inson hayotlik davrida yashagan insonlari bilan yashaydi (hurlardan tashqari demoqchiman). Agar u ayol bo‘lsa, bir nafar erkak bilan yoki ikki erkak bilan turmush qurgan bo‘lsa, ulardan eng solihini tanlaydi, deyilgan. Demak, men yaxshi ko‘rgan qizimdan abadiyatga ayrildimmi? Men hayotlik davrimda u bilan nikoh qurmagan bo‘lsam ham uni jannatda nikohimga ololamanmi? Iltimos, shu savolga aniqroq javob bering!

Bo`lim Aqida
14417
Javob:

Va alaykum assalom. Jannatda har bir odamning jufti bo‘ladi. U yerda bo‘ydoq bo‘lmaydi. Xabarlarda bu dunyoda er-xotin bo‘lganlar jannatda ham shunday bo‘lishi, buning ustiga erkaklarga hurlardan nikohlab qo‘yilishi aytilgan.
    Agar xotin ikki yoki undan ko‘p erkakka turmushga chiqqan bo‘lsa, va barchalari jannatga tushsalar, u jannatda erlarining qay biri bilan bo‘lishi haqida turli qavllar aytilgan. Jumladan:

 

1. Jannatda ularning eng oxirgisi bilan yashaydi.

 

2. Jannatda ular ichidan eng yaxshirog‘i, solihrog‘i, o‘zi yoqtirgani bilan yashaydi.

 

      Agar ayol turmushga chiqmasdan vafot etgan bo‘lsa yoki eri jannatga kira olmasa, u holda jannatdagi boshqa erkaklardan biriga nikohlanadi, deyiladi. Siz oilali bo‘lgan o‘sha ayoldan ko‘ngilni uzing. Sababi bu yaxshilikka olib bormaydi. Muhabbat nafs bilan bog‘liq narsa. Siz u ayolni soliha yoki ibodatli, hayoli bo‘lgani uchungina yaxshi ko‘rmaysiz, to‘g‘rimi? Demak, sizning unga bo‘lgan muhabbatingiz nafsga asoslangan. Shunday ekan, siz birovning nikohidagi ayoldan umid qilish o‘rniga o‘z ayolingiz bilan yaxshi yashashga harakat qiling. Shariatning buyrug‘i shu.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216397
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Erkak ko‘ngil qo‘ygan ayoli bilan jannatda birga bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, ustoz. Men yuragimdagi bir savolga hech qayerdan toliq javob ololmayapman. Savolim shunday: men bir qizni yaxshi koraman, lekin u boshqasi bilan turmush qurib ketgan. U ham meni yaxshi koradi. Ammo hozir oramizda hech qanday munosabat yoq. Men uni haqiqatdan qattiq yaxshi koraman. Kitoblarda keladiki, jannatda har bir inson hayotlik davrida yashagan insonlari bilan yashaydi (hurlardan tashqari demoqchiman). Agar u ayol bolsa, bir nafar erkak bilan yoki ikki erkak bilan turmush qurgan bolsa, ulardan eng solihini tanlaydi, deyilgan. Demak, men yaxshi korgan qizimdan abadiyatga ayrildimmi? Men hayotlik davrimda u bilan nikoh qurmagan bolsam ham uni jannatda nikohimga ololamanmi? Iltimos, shu savolga aniqroq javob bering!

14417