Qur’on yodlash bo‘yicha maslahat bersangiz!
Savol:Assalomu alaykum. Ruxsat bersangiz, ilmim yetmagan narsalarni sizdan so‘ramoqchiman. Men Qur’oni karimni tajvid bilan o‘qiyman. Endi niyatim, inshaalloh, Qur’on yodlash. Sizdan duo va maslahat so‘rayman. Qaysi vaqtda yodlagan afzal? Necha marta takrorlanadi? Ahli ilmlar bu borada qanday yo‘l tutishgan? Bu saytni tashkil qilganlarni Alloh O‘zi qo‘llasin!
Bo`lim Maslahat10332
Va alaykum assalom. Qur’oni karimni yodlash uchun eng qulay vaqt – sahar va tong payti. Chunki bu vaqt barakalidir. Qolaversa, erta tongda olingan ilm xotirada uzoq vaqt saqlanadi.
Imkon qadar takrorni ko‘proq qilasiz. Agar 500 martaga chiqarsangiz, ancha yaxshi yodlanadi. Keyin Qur’on yodlab bo‘lgandan keyin doim takrorlab turish kerak. Yodlangan suralarni namozda qiroat qilib tursangiz, yanada pishiq bo‘ladi. Keyin iloji bo‘lsa yodlagan oyatlaringizni Qur’on borasida o‘zingizdan bilimliroq bo‘lgan qorilardan biriga o‘qib, ko‘rikdan o‘tkazib olsangiz yana ham yaxshi bo‘ladi. Bu ish bir tomondan kishiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan Qur’oniy bilimlaringiz yanada mustahkam bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Alloh taolo barchamizni ezgu amallarda bardavom qilsin!