Yahudiy olim musulmon bo‘ldi
11.4.2016 13574

   Amerikalik yahudiy embriolog olim Rob Gillxam (Robert M. Gillham) Qur’on oyatlari bilan tanishganidan so‘ng Islomni qabul qildi. Albert Eynshteyn oliygohi olimining e’tiborini bir Qur’oniy haqiqat o‘ziga tortdi. U ham bo‘lsa: ajrashgan ayollarning 4 oy mobaynida erga tegishdan saqlanishlaridir. Arab OAV larining xabar berishlaricha, olim olib borgan tadqiqotlar ham ayol kishining organizmi erkak xromosomalar “izi”dan batamom xalos bo‘lishi uchun aynan shuncha vaqt kerak ekan.
   Misr milliy markazi qoshidagi tibbiyot professori Abdul Bosit as Saidning aytishicha, tadqiqotlar davomida Gillxam har bir jinsiy aloqadan so‘ng ayol organizmi erkak “iz”laridan faqat 25 – 30 foizga tozalanishini aniqlagan. Batamom tozalanish esa faqat 4 oydan so‘ng bo‘ladi. Bu haqida esa Qur’onda yozilgan. Ayni shu kashfiyot Qur’onning haqiqiy ilohiy kitob ekanligini yana bir bora isbotladi.
   Embriolog olim o‘z tadqiqotlarini avval AQShning musulmonlar ko‘p yashaydigan hududida, keyin esa musulmonlar yashamaydigan hududida o‘tkazdi. Gillxam shuni aniqladiki, muslima ayollardan farqli o‘laroq boshqa ayollar o‘z tanalarida bir vaqtning o‘zida bir necha xil erkak xromosomalariga ega bo‘lganlar. O‘z rafiqasini ham tekshiruvdan o‘tkazgan olim, uning tanasida 3 xil erkak xromosoma borligini aniqlaydi. Bu esa uning xiyonat qilganidan darak berardi. U uchta farzandidan faqat bittasigina o‘zining haqiqiy bolasi ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ladi. «Muslimalar – yerdagi eng toza (pokiza) ayollardir», – deydi yahudiy embriolog.
   Bu jahon embriologiyasidagi ilk holat emas. O‘z vaqtida kanadalik olim, anatomiya va embriologiya sohasidagi yetuk mutaxassis, jahonning 8 tiliga tarjima qilingan “Odam embriologiyasi” kitobining muallifi Keyt Mur shunday degan edi: “Agar men Qur’onni bilganimda, Nobel mukofotini bundan 20 yil avvalroq olgan bo‘lardim”.
   Embrionning rivojlanish bosqichlarini o‘rganish jarayonida bundan deyarli 1500 yil ilgari Qur’onda bitilgan yozuvlar o‘ta aniqlik bilan ifodalanganligidan Mur nihoyatda hayratga tushadi. O‘z kashfiyoti xotimasi sifatida u yangi kitob yozadi va unga “Islomiy qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan odam embriologiyasi” deya nom beradi.

islam-today.ru

www.muslimaat.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216016
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24513
  • 18976
  • 12772
  • 15737