XX asr ixtirosi Taloq surasida
17.1.2017 10479

   Yerning po‘stlog‘i yetti qavatdan iborat. Birinchi qatlam - gidrosfera, ya’ni suvli qatlamdir. Ikkinchi qatlam litosfera deb ataladi va Yerning po‘stlog‘ini tashkil qiladi. U Yer sathining eng ustki qatlamlarini shakllantiradi. Ularning qalinligi o‘rtacha 80 km ni tashkil qiladi. Litosfera boshqa qatlamlarga qaraganda qattiqroq bo‘lib, harorati ham ularga nisbatan ancha sovuqroqdir. Shuning uchun ham u Yerning po‘stlog‘i vazifasini bajaradi. Uchinchi qatlam - astenosfera deb yuritiladi. U Yerning unchalik qattiq bo‘lmagan, yumshashi va erib turishi mumkin bo‘lgan issiq qatlamidir. To‘rtinchi va beshinchi qatlamlar - Yerning ustki va ostki mantiyalaridir. Mantiyalar yuqori haroratli yarim qattiq tog‘ jinslaridan tashkil topgan. Ularning qalinligi taxminan 2900 km ni tashkil qiladi.
    Oltinchi va yettinchi qatlamlar bir-biriga o‘xshamaydigan ikki qismdan iborat. Oltinchi qatlam qalinligi 2200 km bo‘lgan suyuq tashqi yadro, yettinchi qatlam esa qattiq ichki yadro, yoki boshqacha qilib aytganda subyadro deb ataladi.
    Insoniyat yer qobig‘ining ana shunday tuzilganligini yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida, fan-texnika rivojlanib, Yer ostining tuzilishi bo‘yicha murakkab ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lgachgina bilib oldi. Qur’oni Karimda esa Parvardigorimiz bu ilmlarni bizga yettinchi asrda nozil qilgan edi: 
   "Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni, yetti qavat yerni) yaratgan Zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni, yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga Qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O‘z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U Zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi)." Taloq surasi, 12-oyat

 

Manba: www.quran.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216286
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24539
  • 19001
  • 12790
  • 15754