Uyqu sunnat yohud uyqu ibodatdir!
15.11.2016 10402

    Siz uyquga to‘ymayapsiz, kun bo‘yi horg‘inlikni his etasiz, vazifalaringizni to‘liq bajarish o‘rniga biroz mizg‘ib olish haqida o‘ylayverasiz. Bular sizga tanishmi? Bu har bir bugungi kun kishisining muammosidir. Bu esa biz sog‘lom uyqu tarziga ega emasligimizning oqibati sanaladi. Biz bu masalaga jiddiy e’tibor qaratmaymiz, qachon xohlasak shunda uyquga yotamiz, muayyan jadvalga rioya qilmaymiz. Uyqu bilan bog‘liq mana shu muammolar sabab butun kunimiz behudaga ketadi.
    Har bir inson dam olishga muhtoj hamda sarflagan quvvatini tiklash uchun unga vaqt lozim. Uyqu inson bu dunyo muammolaridan bir zum tin olib, orom olishi uchun Yaratganning bergan in’omidir. Bu muddatdan to‘g‘ri foydalanmaslik, uni behudaga sarf qilish Yaratganning ne’matidan yuz o‘girish bilan barobar. Uyqu ham insonning boshqa har qanday faoliyati singari yanada qulaylashtirilishi, rejalar hamda belgilangan jadvalga rioya qilish vositasi bo‘lishi mumkin.
     “Bu qadar murakkablashtirishning nima keragi bor, men shunchaki qachon xohlasam shunda uxlayveraman” deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq, buning oqibati qanday ekanligi o‘zingizga ma’lum. Musulmon kishi uchun esa uyqu ham ibodatdir, unga qanday yondoshish ko‘pincha kishining e’tiqodini namoyon etadi. Muayyan tartiblarga rioya qilish orqali sizning uyqungiz ajrga sazovor etishi, ruhiy qoniqish baxsh aylashi, baraka omiliga aylanishi va bedor paytingizda o‘zingizni ajoyib his qilishingizni ta’minlashi mumkin. Shu bois “UYQU” rejasini taqdim etamiz:

1. Uyquga tayyorlanish. Uyqudan bir soat avval faol harakatlarni to‘xtatib, uyquga tayyorlanish, uyqudan oldin ovqatlanmaslik, telefonni bir chetga olib qo‘yish va televizor ko‘rmaslik kerak. Uyquga yotishdan oldin esa barcha eshiklarni berkitish, chiroqlarni o‘chirib, idishlardagi ozuqalar ustini yopish va bularni “Bismilloh” deb bajarish lozim. Zero, hadisi sharifda ta’kidlanadi: “Eshigingni berkit. Allohning ismini zikr qil. Chirog‘ingni o‘chir. Allohning ismini zikr qil. Idishingning ustini yop. Allohning ismini zikr qil. Meshingni(ng og‘zini) bog‘la. Allohning ismini zikr qil”, “Bas, shayton meshlarni yecha olmas. Eshiklarni ocha olmas. Idishlarning ustini ocholmas”.
Uyqudan oldin tahorat olish hamda tishlarni misvok bilan tozalash lozim. Qo‘ldan kelguncha Qur’on o‘qish, “Voqea” hamda “Mulk” suralarini tilovat qilish, oxirgi uchta surani o‘qib, duo qilish kerak.

2. Uyqu. Avvalo uyquni hamda bomdod namoziga uyg‘onishni niyat qilish lozim. So‘ng to‘shak changlardan tozalanib, boshni qiblaga qaratgan holda yotish lozim, o‘ng qo‘lini boshi ostiga qo‘yib, o‘ng tomoni bilan uxlash darkor. Tunning so‘nggi uchdan birida imkoniyati boricha tahajjudga turib, Allohga yolvoriladi. 7 – 8 soat davomida uxlash kerak.

3. Uyg‘onish. Barvaqt uyg‘oning. Uyqudan turg‘azgani uchun Alloh taologa hamd aytib, kunning xayrli va muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rang.

 

Xurshida ABdullayeva
"Ziyo" studiyasi muharriri

 

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216422
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19014
  • 12796
  • 15758