Smartfonlar bolada nutq rivojlanishini sustlashtiradi
10.3.2018 1254

AQSh Pediatriya Akademiyasi olimlarining ta’kidlashlaricha, ikki yoshgacha bo‘lgan go‘dak qancha ko‘p smartfon bilan band bo‘lsa, nutqi shunchalik sekin rivojlanadi. Shu bilan birga bola o‘sayotgan oilada qanchalik smartfon, planshet va turli zamonaviy gadjetlar ko‘p bo‘lsa, bola ulardan foydalanishni gapirishdan avvalroq o‘rganib oladi. Bu nutq rivojlanishiga katta to‘siqdir.

Olimlar tadqiqot davomida 18 oygacha bo‘lgan go‘daklarning so‘zlash qobiliyatlarini maxsus uskunada tekshirganlar. Tajribada ishtirok etgan 20% go‘daklarning onalari ularning farzandlari kuniga o‘rtacha 30 daqiqa telefon o‘ynash bilan band bo‘lishini bildirgan. Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, bola kun davomida qanchalik uzoq vaqt portativ o‘yin va aloqa vositalaridan foydalansa, uning so‘zlash qobiliyati shunchalik sekin shakllanib boradi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 45246
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

3506
  • 1972
  • 1252
  • 2622