ROSULULLOH SIZGA O‘XShAGIM KELDI!
Mening ham holimdan olib bir xabar,
Ko‘chamda mayin bir shaboda yeldi.
Dunyodan iymonsiz ketmog’im xatar,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
Dunyo ishlaridan dillarim vayron,
Ahvolimdan jamiy odamlar hayron.
Qiyomat kunida tursam yonmayon,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
Kim uchun gohida kulgular bo‘lib,
Kulsinlar mayliga ustimdan to‘yib.
Dinimni birinchi o‘ringa qo‘yib,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
Sovg’a qilmasinlar dunyo kerakmas,
Insonlar izlagan tillo kerakmas.
Sizni sevolmagan yurak yurakmas,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
G’aflatda qolmayin aytilsa azon,
Oylab qaynamasin uyimda qozon.
Qolgan umrimni ham qilmayin hazon,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
Chaman gulzorimda o‘sib yantoqlar,
Insonlar qalbini aylamish dog’lar.
Mushtoq bo‘lib kutgan Jannat-u bog’lar,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
As’hoblar ko‘zlagan maqsadga yetmish,
Iymonin oliblar dunyodan ketmish.
Bir kun afsonaga aylanar o‘tmish,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
Garchi siz kabi bo‘lolmasam ham,
Barcha sunnnatingiz tutolmasam ham.
Sahobalardek yashagim keldi,
Rosululloh sizga o‘xshagim keldi.
“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi Fazliddin Burxonov.