Qur’oni karimdan xato qidirgan olim hayrati
29.9.2016 22609

    Shimoliy Amerikadagi eng yirik Toronto universiteti matematika va mantiq fanlari ustozi professor Goriy Malyar nasroniylik diniga da’vat qiluvchi, muqaddas kitob Injildan xabardor kishi edi. U o‘z fan sohasi matematika, mantiqni juda yaxshi ko‘rganidan har bir ishga mantiqiy yondashishga harakat qilardi.
   Kunlarning birida professor musulmonlarni nasroniylik diniga da’vat qilishida ko‘mak bo‘ladi, deb Qur’oni karimdan xatolar izlashga kirishadi. U Qur’oni karimni arablar madaniyati, turmush tarzlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, 14 asr oldin tushgan qadimgi kitob bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi.
   Kechki payt xonasiga kirib Qur’oni karimni qo‘liga oladi. Kitobdagi jumlalarni o‘qir ekan, o‘ylagan narsalaridan umuman boshqa ma’lumotlarni ko‘rib ajablanadi. Qur’oni karim dunyodagi boshqa birorta kitobda topilmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olganini biladi. Aslida, u hozir kitobni ochsam, birinchi bo‘lib Muhammad payg‘ambarning hayotidagi boshidan kechirgan og‘ir kunlari; ayoli Xadichaning, farzandlarining vafoti haqidagi ma’lumotlarga duch kelsam kerak, deb o‘ylagan edi. Biroq u haqda biror ma’lumot topa olmadi. Qur’oni karimdagi butun boshli bir sura Maryam onamizning nomi bilan nomlanganini, surada Maryam onamizga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromlarni ko‘rib hayratdan yoqa ushlaydi. Sababi bu olim o‘zi o‘qigan kitob Injilda ham bunday ehtiromlarni uchratmagan edi. Keyin u Qur’onning boshqa suralari payg‘ambarning eng suyukli xotini Oysha yoki farzandi Fotimaning nomi bilan nomlanganmikan, deb qidiradiyu biror sura bunday nom bilan nomlanmaganini ko‘radi. Qur’oni karimni varaqlab Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) nomlari bor yo‘g‘i 4 marta zikr qilinganini, Iso (alayhissalom) esa 25 marotaba zikr qilinganini ko‘rib hayrati yanada ortadi. Bunday ma’lumotlarni o‘qiyotgan Goriy Malyar endi Qur’onni diqqatliroq o‘qiy boshlaydi. Shoyad, undan biror xato topsa. Bu safar u ajoyib bir oyatga to‘qnash keladi. U “Niso” surasining 82 oyati edi: "Qur’on (oyatlarining ma’nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan o‘zganing huzuridan (kelgan) bo‘lsa edi, unda ko‘pgina qarama-qarshi gaplarni topgan bo‘lur edilar".
    Professor bu oyatni o‘qib bunday deydi: “Qiziq, hozirgi kundagi mashhur ilmiy prinsipga ko‘ra har xil nazariyalardagi xatolarni topish, ularning soxtaligi yoki haqiqiyligini o‘rganib tadqiq qilish bo‘lsa, bu Qur’on karim musulmonlarni ham musulmon bo‘lmagan barcha insonlarni ham o‘zidan xato topishga chorlayotganiga qarang, uning ustiga Qur’on: “Hargiz biror xato topa olmaysizlar”, deb ta’kidlagan. Dunyoda biror bir muallif kitob yozib: “Bu kitob xatolardan xoli, qani biror xato topib ko‘ringlarchi”, deb aytishga jur’at qila olmaydi. Lekin Qur’onda, buning aksi o‘laroq sizga: “Unda biror xato yo‘q”, deb aytilgan, aniqrog‘i sizga unda xato qidirishni taklif qilyapti, keyin ortidan “Hargiz topa olmaysiz”, deyishga jur’at ham qilyapti”.
     Professor yana bir oyatni o‘qib uzoq o‘ylanib qoladi. Bu “Anbiyo” surasining 30 oyati edi: "Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!" 
     Professor bu oyatni щыib quyidagilarni aytgan: “Aniq ayta olamanki, bu oyat 1973 yili “Nobel” mukofotiga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqotning mavzusi hisoblanadi. Tadqiqot “Big Bang”, ya’ni katta portlash nazariyasi haqida edi. Unda kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, borliq, undagi yeru osmonlar, yulduzlar aynan ana shu katta portlash natijasida paydo bo‘lgan ekan. Oyatda kelgan (رتق) “Rotq” kalimasi, yaxlit bir narsani bildirsa, undan keyin kelgan (فتق) “Fatq” kalimasi, esa o‘sha yaxlit narsani parchalanganini, yorilganini anglatadi. Qiziq, mazkur nazariyaning ayni o‘zi-ku! Oyatning keyingi qismiga kelsak, unda hayot manbai – suv haqida gap ketyapti, ya’ni: "...barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?!" 
   Hozirgi zamon ilm-fani tirik hujayra sitoplazmadan tashkil topganini, sitoplazmaning asosiy qismi esa, ya’ni 80 foizi suvdan iboratligini isbotladi. Shunday ekan 1400 yil ilgari yozishni ham o‘qishni ham bilmaydigan Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) bu gaplarni qayerdan ham bilardi, agar u Alloh taolo tomonidan vahiy orqali bildirilmasa, degancha uzoq o‘yga cho‘madi. Xonada sukunat, nihoyat professor Goriy Malyar Qur’oni karim Haq taoloning kitobi ekanini tan olib Islomni qabul qiladi. Bu holat 1977 yili sodir bo‘ladi. Shundan keyin u dunyoning turli o‘lkalarida Islom dini haqida ma’ruzalar olib boradi. Xususan, ma’ruzalarining birida musulmonlarga qarab bunday deydi:

“Ey, musulmonlar agar boshqa din vakillariga qaraganda sizlarga berilgan ne’matlarning ortiqligini bilsangiz edi, muslima onadan dunyoga kelib va uning qaramog‘ida tarbiya topganlaringiz, musulmon bo‘lganingizga shukr qilib sajda qilar edingiz. Agar sizlar va boshqa din vakillaridagi ilohiyot, risolat, payg‘ambarlik, qayta tirilish, hisob-kitob bo‘lishi, jannat va jahannam nazariyalariga e’tibor berib qarasangiz, Alloh taolo sizlarni musulmon qilganiga shukr qilib sajda qilgan bo‘lardingiz. Chunki boshqa din vakillari nazididagi bu nazariyalar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, ularni salomat aql qabul qilmaydi”.

     Professorning “Al-Qur’anul muzhil” (Hayratga soluvchi Qur’on), “Al-farq baynal Qur’an val kitab al-muqaddas” (Qur’on bilan, muqaddas kitob orasidagi farq), “Nazrotun islamiyyatun li asalibil mubashshirin” (bashorat beruvchilar uslublariga islomiy qarash) kabi Islom dini haqida yozgan kitoblari va undan boshqa bir qancha kitoblari bor. Uning ko‘plab kitoblari ingliz tilida internet saytlarida chop etilgan. Goriy Malyarning ma’ruzalari natijasida ko‘plab insonlar Islom dinini qabul qildilar.

 

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi G‘iyosiddin BARATOVning arab tilidan tarjimasi

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 45264
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

3512
  • 1976
  • 1255
  • 2622