Qur’oni Karimda atom zarralari haqida
8.12.2016 6983

    Yigirma yil avval ham fanda atomning tuzilishi haqida shunday tasavvur mavjud ediki, unga ko‘ra atomni tashkil qiluvchi eng mayda zarralar proton va neytronlar hisoblanardi. Ammo ilmiy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida insoniyat yana bir qiziqarli kashfiyotga ega bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, proton va neytronlar ham o‘z navbatida yanada maydaroq zarralardan tashkil topgan ekan. Bu zarralarni o‘rganish bugungi kunda fanda yangi sohaning - elementar zarralar fizikasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu zarralar kvarklar deb ataldi.
      Bir ming to‘rt yuz yildan buyon insoniyatni hidoyatga yo‘llab kelayotgan muqaddas kitobimizda shunday oyatlarni o‘qiymiz:

 

"...Osmonlar va yerdagi bir zarra misolchalik, undan ham kichik (yoki) katta biron narsa (Alloh)dan maxfiy bo‘lmas - albatta ochiq Kitobda (ya’ni, Lavhul-Maxfuzda u) mavjud bo‘lur". (Saba’ surasi, 3-oyat) 

 

"...Yeru osmondagi bir zarra misqolichalik, undan ham kichikroq (yoki) kattaroq biron narsa Parvardigoringizdan maxfiy bo‘lmas – albatta ochiq Kitobda (ya’ni Lavhul-Mahfuzda) mavjud bo‘lar." (Yunus surasi, 61-oyat) 

      Oyati karimadagi zarra so‘zini biror moddani tashkil qiluvchi mayda zarralarga, aynan fizikada qo‘llaniladigan elementar zarralar ma’nosida ham tushunish mumkin. Qur’oni Karimda biz bilgan zarralardan ham maydaroq zarralar borligiga ishora qilingan.

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216302
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756