Qur’onda ko‘rish qanday yuz berishi haqida bayon qilingan
22.2.2017 8202

    Agar olimlar, tadqiqotchilar ozgina tafakkur qilganlarida, Qur’oni Karimdagi oyatlarning mo‘’jizaligini anglab yetardilar. Agar ular chindan ham olim bo‘lishganda, Qur’onni o‘qigan, islom dinini xolis o‘rgangan bo‘lishardi.

 

وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ آَيَتَيْنِ فَمَحَوْنَا آَيَةَ اللَّيْلِ وَجَعَلْنَا آَيَةَ النَّهَارِ مُبْصِرَةً لِتَبْتَغُوا فَضْلًا مِنْ رَبِّكُمْ وَلِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ وَكُلَّ شَيْءٍ فَصَّلْنَاهُ تَفْصِيلًا

 

     “Kecha va kunduzni ikki belgi – alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini ko‘rsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz” (Al-Isro surasi, 12-oyat).

 

     Agar ular ushbu oyatga nazar solishsa, shu oyatning o‘zida ulkan mo‘’jizani ko‘rishardi. Alloh taolo ushbu oyatda:

 

وَجَعَلْنَا آَيَةَ النَّهَارِ مُبْصِرَةً

 

      “...kunduz alomatini ko‘rsatuvchi qildik...” deyapti.

 

     Alloh taolo kunduzni “ko‘rsatuvchi” deb vasf qilmoqda. Lekin kunduz ko‘rsatadimi yoki ko‘z o‘zi ko‘radimi? Ba’zilar ko‘z o‘zi ko‘radi deb o‘ylaydi. Lekin ilmiy haqiqat bunday demaydi. Ilmiy jihatdan ham sobit bo‘ldiki, Quyoshning nuri narsalarda aks etadi. Keyin o‘sha narsalardan qaytgan nur ko‘zga kelib tushadi. Ana shundan keyin ko‘z ko‘radi. Demak, ko‘z o‘zi mustaqil ravishda ko‘ra olmas ekan. Lekin u oldida turgan narsaga nur kelib, undan aks etgan yorug‘lik ko‘zga tushgachgina ko‘ra olar ekan. Agar shu nur, yorug‘lik ketib, qorong‘ulik kelsa, ko‘z ko‘rolmay qoladi. Faqat o‘sha qorong‘ulikni yoritish uchun chiroq yoqilsa, o‘sha chiroqning nuri narsalarga tushganda, ulardan taralgan yorug‘lik ko‘zda aks etgandan keyingina ko‘z ko‘radi.
     Alloh taolo yuqoridagi oyatda ko‘rsatuvchilik sifatini ko‘zga emas, kunduzning yorug‘ligiga, ziyosiga nisbat berdi. Bu oyat nozil bo‘lgan paytda odamlar ko‘z qanday ko‘rishini bilmas edilar. Xo‘sh, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bundan o‘n to‘rt asr oldin ko‘zning ko‘rishi kunduzning ziyosi, yorug‘ligi sababli ro‘y berishini qayerdan bildilar? Shu oyatning, shu mo‘’jizaning o‘zi Allohga iymon keltirishga, Qur’on ushbu borliqning, olamning Yaratuvchisi bo‘lmish Allohning huzuridan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilinganligiga iymon keltirishga yetarli dalil emasmi?

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rahimahullohning “Allohning borligiga moddiy dalillar” nomli kitobidan Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 215933
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24508
  • 18969
  • 12769
  • 15733