Qaynona va kelin munosabatlari
6.8.2015 37591

     Boshqa millat vakillarining ko‘pchiligi biz o‘zbeklarning oilaviy hayotimizga, ya’ni, qarindosh urug‘larning bir-birlariga bo‘lgan silai-rahmlariga va bizdagi odatlar, to‘y-marosimlarimizga havas bilan qaraydilar. Bu oramizda saqlanib qolgan islomiy odob-axloq sababidandir. Shunday tinchlikda, to‘kinchilikda yashab turib, oilaviy aloqalarga putur yetkazayotganlar ko‘plab uchramoqda. Bu esa tinch va osoyishta hayotga shukr qilmaslik oqibatidandir. Afsuski, er-xotin, farzandlar, qarindoshlar, qaynona va kelinlar o‘rtasida turli-tuman kelishmovchiliklar, janjallar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa oxirgi paytlarda qaynona va kelin munosabatlari yomonlashib, bu janjallar xatto o‘g‘il bilan kelinning orasiga sovuqchilik tushirib, ajralishlarga sabab bo‘lmoqda. Eng yomoni, bu kelishmovchiliklar oqibatida, farzandlar yetim bo‘lib qolmoqdalar. Shunday qaynonalar uchrayaptiki, o‘g‘liga aql-farosatli, sog‘lom, imonli kelinni orzu qilish o‘rniga birinchi o‘ringa kelin olib keladigan mol-dunyosiga, qudalar bilan bo‘ladigan oldi-berdilarga o‘ch bo‘lib bormoqdalar. Kelinlariga mehr berib, kamchiliklarini bosiqlik, nasihat yo‘li bilan tushuntirish o‘rniga, o‘g‘illariga oshirib, yomonlab, o‘g‘il va kelinlari orasiga sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lmoqdalar. Qaynonalikning ishi og‘ir, sabr-toqatni talab qiladigan vazifadir. Chunki uni tug‘ib, mehr berib o‘stirgan o‘g‘liga o‘zga bir xonadonda, begona bir muhitda o‘sgan qizni o‘z oila a’zosiga, o‘z bolasiga aylanishi uchun, o‘g‘li bilan baxtli-saodatli hayot kechirishi uchun, qaynonadan ancha mehr-muhabbat, sabr va kechirimlilik talab qilinadi. Qarilarimiz, kelin olish oson, qaynona bo‘lish qiyin, deyishgan. Yana, ayol kishining qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, kelin qilganda ko‘r, deyishgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Sizlar komil musulmon bo‘lmaguningizcha jannatga kira olmaysizlar. Komil musulmon bo‘lish uchun esa, bir-biringizga mehr qo‘ymog‘ingiz shart”, deganlar. Yana bir hadisi shariflarida: “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, deb marhamat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhis-salomning o‘gitlariga amal qiluvchi, jannatga kirishni istagan qaynona o‘g‘ilning sevikli ayoliga va undan dunyoga keladigan zurriyotlarini sog‘-salomat, oilasi tinch-osoyishta bo‘lishi uchun, farzandlarini baxtli hayot o‘tkazishlari uchun, qaynona kelinni xato-kamchiliklarini kechirib, bilmaganlarini o‘rgatib, mehr qo‘yib yashamog‘i zarur. Qarilarimiz, mehr bersang, mehr ko‘rasan, deganlar. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, oila tinch bo‘lsa, yurt ham tinch bo‘ladi. Ma’lumki tinch-totuv oila farzandlari ota-onasiga ham, yurtiga ham manfaat keltiruvchi bo‘ladilar.
     Turmushga chiqqan kelin uchun ham yangi bir hayot boshlanadi. Ota-onangiz, jigarlaringizdan endi boshqa oilaga – eringizning ota-onasi, jigarlari bilan eng yaqin bo‘lib qolasiz. Chunki, erkaklar xotinlar uchun, xotinlar erkaklar uchun yaratilgandirlar. Bu Allohning qonuni, uni hech kim o‘zgartira olmaydi. Turmushim shirin va osoyishta bo‘lsin degan kelin erining uyiga, uning ota-onasiga, jigarlari va qarindoshlariga xurmat ko‘rsatishi, uy yumushlaridan erinmasligi, saranjom-sarishtaligi va pazandaligi bilan oiladagilarni mehrlariga sazovor bo‘lishi zarur. Ayniqsa uning sevikli erini tug‘ib, oq sut berib, kechalarni bedor o‘tkazgan, asrab-avaylab aqlli, sog‘lom qilib o‘stirgan qaynonaning nasihatlariga quloq tutib, xizmatlarini bajarishi zarur.
    Kelinnig vazifasi qaynona va boshqa oila a’zolaridan arazlamasligi, gap qaytarmasligi va erining uyidagi gap-so‘zlarini ota-onasinikiga tashimasligi zarur. Ularni hurmatlarini joyiga qo‘yishi kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim kichiklarga rahm-shafqatli, kattalarga izzat-ikromli bo‘lmasa, u bizlardan emas”, deb ta’lim berganlar. Erining ota-onasi va jigarlarini hurmat qilish erini hurmat qilishdir. Ota-bobolarimiz, gulni sevgan tikanni ham e’zozlaydi, deyishgan. Bunday qilmagan kelin erining ko‘nglini ololmaydi, mehrini qozonmaydi, nafratiga uchrab, erining ko‘ziga xunuk ko‘rinib, oila baxtiga darz keta boshlaydi.
      Xulosa shuki, turmush o‘rtog‘iga itoatli, mehr-muhabbatli, ozoda, chaqqon, shirinso‘z, turmushning bor-yo‘g‘iga sabr qilib, tejamkorlik fazilatlariga ega bo‘lgan kelinlar o‘z turmush o‘rtoqlariga sevikli yor, qaynonalariga suyumli kelin bo‘la oladilar.


Zarifa Ismoilova

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216420
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19013
  • 12795
  • 15758