“Qora tosh” sabab Islomni qabul qilgan Britaniyalik razvedkachi
10.3.2018 8880

Islom dini tarixini o‘rganayotgan sharqshunoslar Ka’badagi Qora tosh tarixini yaxshi biladilar. Payg‘ambarimiz (sallollohu alayhi vasallam)ning hadislarida Qora tosh jannatdan tushirilgan tosh ekani, u eng boshida sut kabi oppoq bo‘lgan-u, keyinchalik insoniyatning gunohlari oqibatida qorayib ketganini so‘zlaganlar.

Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam): “«Hajarul Asvad jannatdan sutdan ham oq bo‘lgan holida nozil bo‘lgan. Uni bani odamning gunohlari qoraytirgan», dedilar».

(Termiziy rivoyati)

Bu haqidagi ma’lumotlarni o‘qigan Kembrij universiteti Geografiya jamiyatining  britaniyalik sharqshunoslari, Payg‘ambarimiz (sallollohu alayhi vasallam)ning so‘zlarini inkor etish maqsadida Makkadan Qora toshning bir bo‘lagini olib kelish uchun josus jo‘natadilar. Bu bilan ular musulmonlarga hadislarning ishonchsiz va asossiz ekanini isbotlamoqchi bo‘ladilar. 

Makkaga yo‘l olgan josus avvalo Marokashga borib yetti yil davomida arab tilini mukammal o‘rganadi. U o‘sha yerning lahjasigacha o‘zlashtirib, marokashlik ziyoratchi sifatida Misrga qarab yo‘l oladi.

Misrga kelgan josus, bu yerda misrlik musulmonlar bilan bir kemada Hijozga safar qiladi. Avvallari ziyoratchilar safarga chiqayotganlarida yegulik va zarur ehtiyoj uchun narsalarni o‘zlari bilan olib yurganlar. Safar davomida o‘zi bilan hech vaqosi yo‘q bo‘lgan britaniyalik josusni musulmonlar o‘z taomlari va yemaklaridan mehmon qiladilar. Ular unga shunchalik g‘amho‘rlik ko‘rsatadilarki, buni ko‘rgan josus hayratdan lol qoladi. Madinaga yetib kelgan josus Madinaning go‘zalligi va fayziga mahliyo bo‘lib qoladi. Makkaga kelgach esa, Ka’ba va uning viqori oldida so‘z topolmay, yoqa ushlaydi. Ka’baning har tomonlama mukammal qurilishi, shu bilan birga sodda va o‘ta viqroli ko‘rinishidan ta’sirlangan elchi “Ko‘rganlarim mening qalbimni larzaga soldi”, deydi.

Shunga qaramay razvedkachi o‘z niyatidan qaytmaydi va bir ilojni qilib Ka’baning ichiga kiradi. Ushbu voqea 19-asrda bo‘lib o‘tgan. Bu vaqtlarda ziyoratchilar hozirgidek ko‘p bo‘lmagan. Ka’ba ham u darajada qattiq qo‘riqlanmagan. Qisqasi, istalgan kishi harakat qilsa Ka’baning ichiga kirishi mumkin bo‘lgan.

Ka’baga kirgan josus Qora toshning bir chetidan kichkinagina bo‘lakchani olishga muvaffaq bo‘ladi. Toshni qo‘lga kiritishi bilan iziga qaytib, Jiddadagi Britaniya konsulligiga uchrashadi. Konsullikdagilar mazkur voqeadan xabar topgach, o‘z vazifasini ado qilgan josus sharafiga ziyofat beradilar va go‘yoki Islom dining rasuli Payg‘ambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam)ga qarshi dalil qo‘llarida turgandek suyunadilar.

Shundan so‘ng josus Avstraliya kemasiga o‘tirib Angliyaga yetib keladi va keliboq, Hajarul asvadning qo‘lga kiritilgan bo‘lagini Londondagi tabiiy tarix Muzeyiga taftish uchun topshiradi. Taftish natijasidan ma’lum bo‘ladiki, mazkur tosh Yer jismlariga mutlaqo o‘xshamaydi, hattoki uning sifatiga o‘xshashi ham Yerda mavjud emas. Tosh asli meteorit bo‘lib, koinotdan Yerga tushgan meteortilarning unikal (noyob) turi ekani isbotlanadi.

Ushbu isbot britaniyalik josusni lol qoldirdi. Ushbu dalilga qo‘shimcha bo‘lgan safar davomidagi musulmonlarning go‘zal munosabatlari unda Islom diniga muhabbat uyg‘otdi va u musulmon bo‘ldi. Islom dinini qabul qilgan josus xayoti davomida “Makkaga sayohat” nomli ikki qismdan iborat kitob yozadi. Kitobning birinchi qismida u o‘zining musulmon bo‘lishidan avvalgi holati, Islom dinini qoralash niyatida qilgan harakatlari haqida yozgan bo‘lsa, ikkinchi qismida musulmon bo‘lganidan keyingi hayoti, Alloh va Payg‘ambarimiz (sallollohu alayhi vasallam)ga bo‘lgan muhabbati haqida go‘zal tarzda xikoya qilgan.

 

Internet materiallari asosida

 Qosimxon Boyxanov tayyorladi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216294
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24549
  • 19002
  • 12791
  • 15755