Ogoh bo‘ling “LOVE STORY” - dayuslik illati!
19.8.2016 15555

    To‘yxona yuksak did bilan bezatilgan bo‘lib, kelin-kuyov uchun alohida joy tayyorlab qo‘yilgan. To‘y boshlanib, xalqimizning sevimli san’atkorlari birin-ketin chiqa boshlashdi. Bir oz vaqt o‘tib, katta ekranda kelin-kuyovlarning “Love story”sini hammaga qo‘yib berishdi. Filmning boshidan oxirigacha yigit va qizning mavsumga qarab hali bog‘da hali tog‘da qo‘l ushlashib yurishi (aksari hollarda kelin-kuyovga shar’iy nikoh o‘qitilmagan bo‘ladi), onalarimiz oynai jahonda ko‘rganda yuzlarini chetga buradigan holatlarni esa bemalol yoshu keksa, erkak-ayol demasdan hammaga qo‘yib berish insonlardan hayo, ibo pardasini ko‘targandek edi. Yoshlar esa filmni ko‘rib, ba’zi joylarida ovozini ko‘tarib, baqirib o‘tirishlari esa beodoblikning yuqori nuqtasidir.
   Kuyov Alloh taolo in’om etgan ayolini, farzandlarining bo‘lg‘usi onasini nafaqat jismonan, balki nazardan ham asrashi kerak. Hozir esa buning aksi o‘laroq kuyov mana, ko‘rib qo‘yinglar, kimga uylanayotganimni degandek, kelinning ochiq o‘tirishini ko‘z-ko‘z qilishgacha borilmoqda. Axir bu dayuslik emasmi?
    Imom Nasoiydan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (alayhissalom) dayusga, ya’ni onasi, singlisi va ayolini begonalardan qizg‘anmaydiganga, Alloh taolo qiyomat kuni rahmat nazari bilan qaramaydi, deb ummatni ogohlantirganlar. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) boshqa bir hadislarida: “Dayus kishi jannatga kirmaydi”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
    Nikoh to‘yi bo‘lgan xonadonda, ertasi kuni “Yuz ochar” (kelin salom) marosimi bo‘lar edi. Qaynonasimi, ovsinlarmi, buvilarmi harir yopinchiqni ochib kelinni yuzini ko‘rgandan keyin kelin uchun ko‘rmana berishar edi. Hozir esa “yuz ochar” marosimiga hojat yo‘q. Nikoh to‘yining o‘zida, qolaversa to‘y davomida to‘ydan oldin yigit va qiz qayerlarda bo‘lganligiga hamma guvoh bo‘lishi kuzatilmoqda.
     Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir dinning o‘z hulqi bordir. Islomning hulqi hayodir”, dedilar” (Ibn Moja rivoyat qilgan).
    Bunday odatlar nafaqat islom dini ko‘rsatmalariga zid, balki asrlar osha xalqimiz ong-shuuriga singib ketgan urf-odatlarimiz va milliy g‘ururimizning toptalishi, erkaklik hamiyatining darz ketishiga olib keladi.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi Munira ABUBAKIROVA

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 45263
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

3511
  • 1976
  • 1254
  • 2622