Noshukur banda...
29.7.2017 6509

(Bo‘lgan voqea)

 

2000-2001 yillar Chorsu go‘sht bozorida savdo qilardim. Qo‘y go‘shti sotardim. Muborak Ramazon oyining dastlabki kunlari edi. Agar bozorda ko‘rgan bo‘lsangiz, bir qo‘lida termosga shirin choy yoki qahva solib oladi-da, yana bir qo‘lida har-xil pishiriqlar solib olib, savdo qiladigan ayollar bor. Ulardan biri savdo qilayotgan qassob yigitlardan birini oldiga kelib, "mahsulotimdan xarid qiling", dedi. Qassob yigit “ro‘zadorman”, dedi. Ayol keyingi savdo kilayotgan yigitdan ham shu javobni eshitdi.

Bugun savdosi yaxshi bo‘lmasligini bilib, diydiyo kilib "Hamma Ramazon kelsa, negadir xursand bo‘ladi. Ammo men xursand emasman. Chunki meni kundalik qiladigan savdoim to‘xtab qoldi", dedi. Bu gapni o‘sha joydan o‘tib ketayotgan, yoshi taxminan 50 yoshlarda bo‘lgan kishi eshitib qoldi va xaligi ayolga qarab "Singlim, Ramazon haqida bunday nojo‘ya gaplarni gapirmang. Bir kunda necha pul topasiz dedi. Haligi ayol "Kuniga ming so‘m yoki bir yarim ming so‘m topaman”, dedi. O‘sha notanish erkak cho‘ntagidan ellik ming so‘m olib "Singlim, agar 30 kunda bir yarim mingdan topsangiz, 45 ming so‘m bo‘lardi. Mana, sizga oshiqchasi bilan 50 ming so‘m. Uyingizga borib, Ramazonda dam oling va bundan so‘ng ramazon haqida yomon gaplarni garirmang ", dedi.

Haligi kishi o‘z yo‘liga ketdi. Hamma xayron. Sotuvchi ayol qo‘lida 50 ming so‘m pulni ushlab turgandi, sheriklaridan biri kelib "Ey falonchixon, qarang, juda qiziq bo‘ldi-ya” dedi. Sotuvchi ayol esa “Ehh, men, aslida ahmoqlik qildim. Unga “Kuniga bir yarim ming so‘m emas, 5-6 ming so‘m topaman, desam bo‘larkan”, dedi.

Ha, odamda shukr bo‘lmas ekan, basir ko‘zlar ochilmaydi...

 

Dilshod Umurtoyev,

Yahyo qori jome masjidi imom-xatibi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216423
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19014
  • 12796
  • 15759