Musulmonlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar
Gilam
Gilam O‘rta asrlar musulmonlarining eng yaxshi ko‘rgan to‘shamchilaridan bo‘lgan. Musulmon o‘lkalarida to‘qimachilik sanoati yaxshi rivojlangan va har doim yangi bo‘yoqlar paydo bo‘lavergan. Shu boisdan gilamdo‘zlik san’ati yakuniga yetmagan bir muhtasham san’at hisoblangan.
Yevropada esa polning ustini buyra bilan yopishgan. Shu boisdan uning orasini axlat uyumlari, suyak parchalari va boshqa chiqindilar bosib ketgan va uning orasini tozalab olish juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ham yevropaliklar arab va eron gilamlarni ko‘rgani zahoti ularga qattiq yopishib olgan.
Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.
Manba:muslim.uz