Kechikkan istirjo’
19.11.2016 7493

    Bugun biroz noxush voqea yuz berdi. Chorrahadan burilayotgan paytimda yon tomonimdan neksiya mashinasi haydovchisi markabimni biroz turtib yubordi. Ikkala ulov ham biroz shikastlandi. Voqeaning dastlabki paytida xam, keyinida ham ikkala tomon bosiqlik, xotirjamlik bilan muomala qildik. Ayb neksiya avtomashina haydovchisidaligi anik bo‘lsa ham, hech qanday da’voim yo‘qligini etdim. Hazil mutoyiba, yaxshi niyat bilan xayrlashdik. Mashinam ustaxonada qoldi. Mashinamning bamfer va qanot ehtiyot qismlari almashadigan bo‘ldi. Taxminan 850.000-900.000 ming so‘m harajat bilan ertaga kechgacha markabim ta’mirdan chiqadigan bo‘ldi.
     Xo‘sh, nima bo‘pti endi? Buni nima uchun yozayapman? Ayni dam ushbu voqeani eslab, o‘zimdan katta bir xato topdim.  Musibatni ilk daqiqalarida istirjo’ aytish esimdan chiqibdi. Qilingan xarajatga emas, aynan shu narsaga afsuslanayapman. Chunki bo‘lib o‘tgan voqea mudhishroq bo‘lib, bu hayotimizning so‘nggi lahzalari bo‘lishi mumkin edi-ku.To‘g‘ri asabiylashish holati bo‘lmadi. Mutloq xotirjamlik, samimiylik ila hal qildik. Lekin baribir...
     Umrimizni so‘nggi lahzalarida ham bir kalimani aytish payti keladi. Ilohim o‘sha paytda tilimizni ravon qilsin, qalbimizni tubidan otilib chiqishiga qodir qilsin. Noxush kayfiyatim mana shundan.
      Aslida, dunyoda nohak azob tortayotgan musulmonlarni oldida buni musibat deb aytishim ham o‘rinsiz. Lekin voqeaning iqtisodiy tomoni e’tiborga olinmasa meni tushunish mumkin bo‘ladi. Alloim,barchamizga xayrli xotima bergin. Omin.
       Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.



Abduvohid Atametov

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216824
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24586
  • 19050
  • 12825
  • 15792