Islomni qabul qilgan amerikaliklar hikoyasi (2-qism)
13.5.2017 4933

Floridalik dizayner Liza Vogl

 

Liza Vogl 2011 yilda Islomni qabul qiladi va oradan 4 yil o‘tib, 2015 yilda muslimalar uchun liboslar ishlab chiqaruvchi “Verona to‘plami” kompaniyasiga asos soladi.   

 

Liza hayotdagi va oiladagi muvaffaqiyatlarini Islom dini bilan bog‘laydi. 2016 yilda uning kompaniyasi Florida shtatida, Orlando shahridagi  Mall Fashion savdo markazida birinchi islom modasi do‘konini ochdi. Yaqin kelajakda Londonda Verona Collection savdo do‘koni ochilishi rejalashtirilgan.

 

U muslima bo‘lish tarixini so‘zlab berdi:

 

«Mening otam katolik, onam konservativ baptistlik tarbiyasini olgandi. Ular meni dinga bog‘lamadilar. Ammo diniy tarbiya bo‘lmasa-da, mening ichki tuyg‘ularimning barchasi Xudoga yo‘nalgan edi.  Jajji yoshimdanoq Xristianlik e’tiqodiga qiziqardim. 14 yoshimda ota-onam, akalarim va opamsiz buvim bilan cherkovga tez-tez borib turardim. Shuningdek, har hafta Bibliyani o‘rganish guruhiga qatnardim, yozda esa cherkov lageriga borardim.

 

Islomni topganim esa hayotimdagi eng kulminatsion nuqta bo‘ldi.

 

Men yashash va ishlash uchun Marokashning Tanjer shahriga bordim va u yerda amerika til markazida ingliz tilidan saboq berdim. Aynan shu 3 oylik davr ulkan tajriba, mahalliy madaniyat bilan tanishish bilan bir qatorda, ilk bor Islomni tanigan damlar sifatida umrim zarvaraqlariga muhrlandi.   

 

Fotograf bo‘lish orzuimni ro‘yobga chiqarish uchun Marokashdan Floridaga qaytdim. Fotografiya kursiga qatnay boshladim va u yerda Nadin ismli muslima ayol (hozir mening hamkorim) bilan tanishib qoldim. Videografiya kursida menga erkin tanlov asosida hujjatli loyiha qilish topshirildi.  

 

Marokashdagi hayotiy ko‘rgan kechirganlarim turtkisi bilan Nadindan musulmon ayollari libosi – hijob haqida lavha tayyorlashga ahd qildim. Nadinning hijobning mazmun-muhoyati va Islom haqidagi fikrlari menga juda qattiq ta’sir qildi. Bu intervyu chindan ham mening ko‘zimni ochdi.     

 

Bibliya menda juda ko‘p savollarni tug‘dirgandi, shuning uchun Nadin bilan suhbat Islomni yanada chuqurroq o‘rganishga turtki berdi. O‘rganganim sari bir qancha nodir topilmalarga duch keldim va hayratim g‘ayratga ulanib, o‘rganish-izlanishda davom etdim. Islom olimlari kitoblarini o‘qidim, internetda Islomga oid videolavhalar tomosha qildim, Qur’oni karimning tarjimasi bilan tanishdim va butun umr izlagan ko‘plab savollarimga javob topdim. Islomga bo‘lgan muhabbatim qalbimni yoritdi. Nadin bilan ilk suhbatlan taxminan 9 oy o‘tib, ramazonga yaqin, juma kuni, ya’ni 2011 yilning 29 iyul kuni shahodat kalimasini keltirdim va muslima bo‘ldim.

 

Musulmon bo‘lish haqidagi qarorim meni va butun hayotimni o‘zgartirib yubordi. Men qalbimga hidoyat solgan va Islomga boshlagan buyuk Alloh taologa cheksiz shukrona keltiraman!»

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216221
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24536
  • 18997
  • 12788
  • 15751