INSON UChUN ENG ShIRIN VA YaXShI RIZQ
17.9.2017 4298

Inson halol mehnat bilan pul topib, o‘sha topgan pulini ro‘zg‘ori bola chaqasiga sarflashi va o‘sha topgan pulidan rizqlanishi eng totli va shirin rizq hisoblanadi.

Bu haqda Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan:

عَنِ الْمِقْدَامِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا أَكَلَ أَحَدٌ طَعَامًا قَطُّ خَيْرًا مِنْ أَنْ يَأْكُلَ مِنْ عَمَلِ يَدِهِ، وَإِنَّ نَبِيَّ اللهِ دَاوُدَ عليه السلام كَانَ يَأْكُلُ مِنْ عَمَلِ يَدِهِ

Miqdom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh collallohy alayhi vasallam: «Hech kim qo‘l mehnati bilan topib yeganidan yaxshi taom yegan emas. Allohning nabiysi Dovud alayhissalom qo‘l mehnati bilan kun ko‘rar edi», dedilar».

Boshqa bir hadisda birovdan ta’ma qilishdan ko‘ra, o‘zi oddiy amal qilib bo‘lsa ham pul topgani yaxshiroqligi aytilgan.

عن أبي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَأَنْ يَحْتَطِبَ أَحَدُكُمْ حُزْمَةً عَلَى ظَهْرِهِ خَيْرٌ مِنْ أَنْ يَسْأَلَ أَحَدًا، فَيُعْطِيَهُ أَوْ يَمْنَعَهُ

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:

«Rasululloh collallohy alayhi vasallam: «Birortangiz (tirikchilik qilish uchun) ortida bir bog‘ o‘tin terib kelishi unga bersa-bermasa, birovdan tilanganidan ko‘ra yaxshidir», dedilar».

Inson halol kasb qilib, peshona teri bilan topgan puliga Alloh baraka berib, oz bo‘lsa-da, o‘sha pul bilan ko‘plab hojatlarini ravo qiladi. Shu o‘rinda bir eslatma: tirikchilik qilishim kerak, deb harom yo‘llar bilan kun ko‘rish dinimizda qattiq qoralanadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadisda:

"طَلَبُ كَسبِ الحَلاَلِ فَرِيضَةٌ بَعدَ الفَرِيضَة"

“Halol kasb qilish farzdan keyingi farzdir”, dedilar.

Agar imtihon dunyoda yaxshi yashashim kerak, deb harom yo‘llar bilan pul topsa, bunday kimsa oxiratda topgan har bir tiyin uchun javob beradi. Eng yomoni harom yo‘l bilan pul topishning azobi faqat oxiratda emas, bu dunyoda ham bo‘ladi. Bu duosi qabulbo‘lmaslik azobi. Bu haqda hadisda shunday deyilgan:

 قال رسول الله صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ :"يَا سَعدُ أَطِب مَطعَمَكَ تَكُن مُستَجَابَ الدَّعوَةِ" رواه الإمام الطبراني.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ey, Sa’d! Taomingni halol bo‘lishiga e’tibor bergin, duosi qabul bo‘ladiganlardan bo‘lasan”. (Imom Tabaroniy rivoyati).

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216726
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24568
  • 19032
  • 12807
  • 15775