Hijr surasida tabiat hodisalarining bayoni
16.11.2016 5764

    Muqaddas Qur’oni Karim oyatlarida butun olamning tuzilishi haqida g‘oyatda ko‘plab ma’lumotlar xabar qilingan. Yomg‘ir hosil qiluvchi shamollar haqida xabar beruvchi mana bu oyati karimaga e’tibor beraylik: "Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo‘lgan hollarida yubordik, osmondan suv (yomg‘ir) yog‘dirib, sizlarni u bilan sug‘ordik". ( Hijr surasi, 22-oyat) 
    Oyatda yomg‘irning hosil bo‘lish jarayonida birinchi bosqich sifatida aynan shamollarga e’tibor qaratilgan. Yigirmanchi asrning boshlarigacha agar yomg‘irning hosil bo‘lishida shamol ishtirok etsa ham, uning vazifasi faqat bulutlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yurishdangina iborat deb sanalardi. Ammo zamonaviy meteorologik tadqiqotlar shamollarning yomg‘ir hosil bo‘lishida o‘ziga xos “onalik” vazifasini bajarishini aniqlab berdi.
    Ummon va dengizlarning sathida ko‘pik hosil bo‘lishi natijasida har lahzada son-sanoqsiz havo pufakchalari vujudga keladi. Bu pufakchalar yorilganda, millimetrning yuzdan biricha keladigan mayda suv zarralari havoga sochilib ketadi. Aerozol deb ataluvchi bu zarrachalar shamol ta’sirida quruqlikdan kelgan chang bilan aralashib, so‘ng atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘tarilib ketadilar. Shamol yuksaklarga ko‘tarib ketgan mana shu zarrachalar bu yerda suv bug‘lariga duch keladilar. Suv bug‘lari mana shu zarrachalarni darhol o‘rab oladi. Ularning zichligi tobora ortib borib, asta-sekin suv tomchilariga aylanadi. Suv tomchilari ham bir-biriga qo‘shila borib, yomg‘ir bulutlarini tashkil qiladi, ular esa namlikka to‘yingan holda, birozdan so‘ng Yerga yomg‘ir yoki boshqa turdagi yog‘in ko‘rinishida yog‘ila boshlaydi.
   Boshqacha qilib aytganda, yomg‘irning hosil bo‘lish jarayonida shamol o‘ziga xos “onalik” vazifasini o‘taydi, ya’ni bulutlarni shamol vujudga keltiradi. Bu jarayon aynan oyati karimada bayon qilingandek kechadi.
     O‘n to‘rt asr avval insonlar yomg‘irning qanday hosil bo‘lishi, bu jarayonda shamolning qanday vazifa o‘tashi haqida hech qanday jiddiy tasavvurga ega emas edilar.

 

Manba:  www.quran.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216416
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19012
  • 12794
  • 15758