Harom o‘lgan hayvon go‘shtiga ta’qiq
18.11.2016 8708

   Islom dini musulmonlarni halol va pok bo‘lishga, hamda pokiza narsalardan taomlanishga buyuradi. Shu sababdan ham har bir inson halol va haromni yaxshi farqlashi, iste’mol qilayotgan taomi haloldan bo‘lishiga targ‘ib qiladi, harom o‘lgan hayvon go‘shtishi yeyishdan qaytaradi.
   Xo‘sh, aslida qaysi hayvonlarning go‘shti harom? Islom dini bunga quyidagicha izoh beradi. Kasallikdan, bo‘g‘ilib, boshidan zarba yeb o‘lgan, baland joydan yiqilib parchalanib ketgan, yaralanib o‘lgan yoki boshqa yo‘llar orqali o‘ldirilgan hayvon go‘shti harom hisoblanadi.
   Yovvoyi hayvonlar tomonidan o‘ldirilgan yoki g‘ajib tashlangan hayvonlar ham xuddi shu tarkibga kiradi. Ular ham harom o‘lgan bo‘lib, go‘shti nopok hisoblanadi. Alloh taolo “Moida” surasi 3-oyatida shunday marhamat qiladi:

 

“O‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zganing nomi aytib so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan va yirtqich hayvon (qisman) yegan (hayvonlar) sizlarga harom qilindi, illo (shar’an) so‘yganingiz (haloldir)”.

 

    Ushbu oyati karimadan yana shu narsa ma’lum bo‘ladiki, oxirgi besh holatdagi hayvonlarning joni chiqmay turib, tipirchilab turgan paytida topib, “bismilloh”ni aytib so‘yishga ulgurilsa, ularning go‘shti halol hisoblanadi.
    Shu o‘rinda kishida savol paydo bo‘lishi tabiiy. Harom o‘lgan hayvon go‘shtini yeyish nima sababdan ta’qiqlangan? Birinchidan, harom o‘lgan hayvonlarning jasadi odamning ko‘nglini aynitib, jirkanishni keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, u inson salomatligi uchun zararli. Chunki, shar’iy yo‘l bilan va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda so‘yilmagan hayvon go‘shtida inson organizmi uchun zararli moddalar bo‘ladi. O‘z ajali bilan halok bo‘lgan bunday hayvonlarning o‘limiga aksariyat hollarda kasallik yoki zaxarlanish sabab bo‘lgan bo‘ladi. Shu sababdan ham ularning go‘shtini iste’mol qilish odam salomatligini xavfga qo‘yishi ehtimoli katta.



Umida Qodirova
"Ziyo" studiyasi muharriri

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216917
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12827
  • 15797