FARZANDLAR TARBIYaSI
19.3.2017 7607

   Bismillahir rohmanir rohiym.

   Jamiyatda oilaning o‘rni, oilada farzand tarbiyasining ahamiyati katta. Insonning hayoti turli bosqichlardan o‘tadi. Bular orasida eng ahamiyatlisi yoshlik bosqichidir. Bu davr o‘ta nozik davr bo‘lib, insonning quvvatga to‘layotgan, hayotning turli so‘qmoqlaridan o‘tib borayotgan davr hamdir. Mana shu davrda unga oilada juda katta e’tibor ko‘rsatish, ota-ona, ustozlar, ta’lim muassasalarining hayot chorrahalarida o‘zining munosib o‘rnini bilib olishi, ma’naviy komil bo‘lib yetishishi, atrofdagi insonlarga munosabatini belgilab olishida ko‘makchi bo‘lishlari lozim. Zero, kelajakda odob-axloq, ilm-ma’rifat, halollik, rostgo‘ylik kabi fazilatlarning egasi bo‘lish mana shu kichik jamiyat bo‘lgan – oila va bilim dargohlaridan boshlanadi.
Farzandlar millatning kelajagi bo‘lgani uchun ham, ularning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat berilishi lozim. Insonning kelajakda qanday shaxs bo‘lib yetishishi yoshlik davridan bilina boshlaydi. Yoshligida undagi shakllangan sifatlar butun umri davomida hamroh bo‘ladi. Mana shu sababdan ham jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari uchun harakat qilinadi.

   Islom dini insonning ikki dunyo saodatini ko‘rsatib beruvchi, bu yo‘lning asoslarini bayon qilib beruvchi mukammal dindir. Islomda yoshlarning tarbiyasiga doir Qur’oni karimning juda ko‘p oyatlari va Rasululloh sollallohu alayh vasallamning hadislari vorid bo‘lgan. Mazkur oyatlar va hadislarga to‘liq amal qilinsa, o‘sib kelayotgan farzandlarimiz go‘zal xulqli, odob-axloqli, ta’lim-tarbiyali bo‘lib ulg‘ayadilar.

   Ammo yuqorida zikr qilingan e’tiborlardan chetda qolib, oila va ta’lim maskanlarida farzandlar e’tiborsiz qoldirilsa, tarbiyaning aksi bo‘lgan salbiy oqibatlarga oilib keladi. Bu borada ota-onalarning farzandining kimlar bilan do‘st tutingani, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani, vaqtini nimalarga sarflayotgani, darslarini o‘zlashtirishi kabilarga qattiq e’tibor berishlari lozim bo‘ladi. O‘rni kelganda chiroyli nasihatlar qilib, odob o‘rgatib borilari kerak. Luqmoni hakim ham o‘g‘liga chiroyli nasihat qiladi: “Ey, o‘g‘ilcham, shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biroq xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki Yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir. Ey, o‘g‘ilcham, namozni mukammal ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu ishlarning puxtasidandir. Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va Yerda kerilib yurmagin. chunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas. (Yurganingda) o‘rta hol yurgin va ovozingni past qilgin. chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir”. (Luqmon surasi, 16-19-oyatlar).

   Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida, “Ommaviy madaniyat” deyilayotgan mashhurlik yoshlar orasiga singib ketgan bo‘lsa-da, uning tarbiyaga zid ekanligi, salbiy ta’sirlari endilikda bahs qilina boshladi. G‘arb madaniyatdan o‘rnak olib, kiyinish, muomala, yurish-turish, salomlashish kabi holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Natijada, asta-sekinlik bilan axloq-odobning salbiy tomonga o‘zgarishi, ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan qadriyatlar, urf-odatlar unut bo‘lib bormoqda.
Farzand tarbiyasidagi ta’sirning yana bir sababchisi – internet, uyali telefon va ulardagi turli ijtimoiy tarmolardan noo‘rin foydalanish bo‘lib kelmoqda. Bu vositalardan unumli foydalanib, ulkan yutuqlarga erishish bilan birga noto‘g‘ri foydalanib, ma’naviy va moddiy tomondan zarar keltirib chiqarayotganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Bugungi kunda internet tarmog‘ida berilib borayotgan turli axborot oqimidagi to‘g‘ri ma’lumotlar bilan noto‘g‘risini ajrata olish, to‘g‘ri va maqsadli foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun farzandlarni internet saytlarga kirishida axborotdan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish madaniyatini yuksaltirish zarur.

   Demak, bolaligidan boshlangan inson tarbiyasi natijasida yaxshi, go‘zal tarbiya olgan farzandlar ulg‘aygach xush axloqli, go‘zal odobli insonlar bo‘lib voyaga yetadi, Allohning hidoyat yo‘lida yurib, ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritadi. Tarbiyasi bo‘sh yoki yomon tarbiya ko‘rgan farzandlar noshukr, axloqsiz va beodob kimsalar bo‘lib ulg‘ayadi va bundaylardan jamiyat ham, kelajak avlod ham katta zarar ko‘radi. Shuning uchun inson jamiyati, dinu diyonat haqidagi, axloqiy nizomlar va chiroyli xulq to‘g‘risidagi ajdodlarimiz qoldirib ketgan ma’lumotlarni, hozirgi kunda nihoyatda zarur bo‘lgan axloqiy nizom va islomiy odob qoidalariga rioya etishni Payg‘ambar alayhissalom zamonlarida qanday o‘rgatilgani o‘rgatib borilishi kerak.

 Abdulhakim qori Komiljon o‘g‘li
“Islo ota” jome masjidi imom-xatibi

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216878
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24587
  • 19053
  • 12825
  • 15794