Bir anjir va yetti zaytun donasi
5.12.2017 6626

Yaponiya ilmiy – tadqiqot markazi rahbari islom dinini qabul qildi. Bunga Al-Azhar universiteti o‘simliklar va halq tabobati bo‘limi sobiq dekani, professor – akademik Toho Ibrohim Xalifaning metallotionein (Metallothionein) borasidagi ilmiy dalili sabab bo‘ldi.

Metallotionein (Metallothionein) – bu inson va hayvon miyasi juda oz miqdorda ishlab chiqaruvchi tarkibida oltingugurt (S) saqlovchi oqsil modda bo‘lib, u rux, temir va fosfor moddalari bilan oson birikish xossasiga ega. Metallotioneine inson organizmining hayotiy faoliyati uchun o‘ta ahamiyatli modda bo‘lib uning foydali hususiyatlari behisob. Jumladan, Metallotionein organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi, yurak, qon-tomir faoliyatini mustahkamlaydi va nafas olish a’zolari faoliyatini normallashtiradi.

Mazkur modda, 15 yoshdan boshlab 35 yoshga qadar inson miyasida organizm ehtiyojiga mos tarzda ishlab chiqariladi. Keyinchalik 60 yoshga qadar ishlab chiqarish kamayib borib 60 dan so‘ng butunlay to‘xtaydi. Hayvonlarda esa mazkur element juda kam miqdorda ishlab chiqariladi. Shu sabab, bu moddani na inson va na hayvon organizmidan olish mumkin.

Ushbu haqiqatni kashf qilgan yapon olimlari, mazkur yoshlik eliksirini tabiatdan, ya’ni o‘simlik va mevalardan izlay boshlashdi.

Natijada, Metallotionein moddasi tabiatda faqatgina ikki o‘simlikda – anjir va zaytun mevasi tarkibida bo‘lishini aniqlashdi.

Mana shu joyda Qur’oni Karimga e’tibor qarataylik.

وَالتِّينِ وَالزَّيْتُونِ

1 . Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam.

(At-Tiyn surasi, 1)

Demak, Qur’oni Karimda ushbu mevalar bekorga tilga olinmagan. Ularning naqadar ahamiyatli ekanini, ular bilan hatto qasam ichilayotganidan ham tushunish mumkin.

Metallotioneinning anjir va zaytun mevalari tarkibida borligi aniq bo‘lgach, yana bir qiziq fakt yuzaga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, bitta anjir va bittagina zaytun mevasi tarkibidagi Metallotionein odam organizmi ehtiyojini qondira olmas ekan. Davom etgan izlanishlar : bir anjir va yetti zaytun mevasi inson organizmining Metallotioneinga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi ma’lum bo‘ldi.

Ilmiy izlanish natijalari bilan tanishib chiqqan professor Toho Ibrohim Halif Qur’oni Karimda anjir va zaytun mevalari zikr etilgan oyatlarni izlay boshladi. Natija esa barchani lol qoldirdi!

Buni qarangki, anjir mevasi Qur’oni Karimda bir marta zaytun mevasi esa olti marta zikr etilgan va yettinchi marta zaytun mevasining nomi zikr etilmay faqat  tavsifi keltirilgan, jami bir marta anjir va yetti marta zaytun mevasi keltirilgan ekan.

وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَاء تَنبُتُ بِالدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْآكِلِينَ

20 . Va (Biz sizlar uchun)Turi Sayno*(tog‘i)dan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yog‘ va yeguvchilarga nonxurish holda o‘sur*.

(Muminun surasi, 20)

(Sharh:* “Turi Siyno”, “Turi Sayno” va “Turi Sinin” deb ataladigan tog‘ Misr bilan Ayla shahri o‘rtasidagi muborak tog‘ bo‘lib, u Muso (a.s.) Alloh bilan gaplashgan tog‘dir. Shu tog‘da eng ko‘p tarqalgan Zaytun daraxti to‘fondan keyin ilk bor ko‘karib chiqqan daraxt bo‘lib, u uch ming yilgacha qurimay turishi mumkin, deyiladi.

Manba: “Qur’oni Karim” ma’nolarining tarjima va tafsiri. Shayx Abdulaziz Mansur.)

Professor mazkur material yuzasidan Qur’oni karimdan topgan dalillarini yapon olimlariga jo‘natdi. Olimlar esa, professorning aytgan so‘zlari naqadar haq ekaniga, shuncha ilmiy tadqiqotlar natijasida kashf etilgan haqiqat bundan 1427 yil muqaddam ayon bo‘lib bo‘lganini tan oldilar. Olimlar guruhining rahbari ushbu oyatlarni ko‘rib Islom dinini qabul qilajagini va Yaratganga iymon keltirishini ma’lum qildi va olib borilgan tadqiqotlarning mualliflik huquqini professor Toho Ibrohim Halifga taqdim etdi.

 

 Qosimxon Boyxanov

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216377
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19010
  • 12794
  • 15756