Allohning hikmatini tadabbur qilib ko‘raylik
17.3.2017 4517

   Allohning hikmatini tadabbur qilib ko‘raylikMarosim va to‘ylarda ma’ruza qilganda: «G‘iybat qilmang. G‘iybat harom. Chaqimchilik qilmang! Chaqimchilik harom. Gap tashimang!», deymiz. Oramizdan biror kishi «Nima uchun dinimizda g‘iybat harom qilingan, nima uchun chaqimchilikdan qaytarilgan», deb o‘ylab ko‘rganmizmi?

   Allohning «Hakim» degan sifati bor. Ya’ni barcha ishida hikmat sohibi, biror ishini hikmatsiz qilmaydi, degani.

   G‘iybatni harom qilinishining eng katta hikmati:

   Alloh bandalarini yaratdi. Olimul g‘uyub bo‘lgan Alloh bandalarining fe’l-atvorlarini, nimalar qilishini hammasini biladi. Ular yaqin do‘stlari, tanishlari va qarindoshlaridan ayri qolganda qiladigan kamchiliklari bor. Alloh ularni ham biladi. Rahmati g‘azabidan ustun bo‘lgan Zot o‘z fazlu karami ila mana shu ayblarimiz, xato va kamchiliklarimizni bir-birimizdan yashirdi. Oilangiz davrasida qiladigan xatolaringizni do‘stlaringizdan yashirib qo‘ydi, do‘stlaringiz davrasida qiladigan xato va kamchiligingizni boshqa insonlardan yashirdi.
 

  Agar Alloh mana shu xatolarimizni bir-birimizdan yashirib qo‘ymaganida, hozir yer yuzida, do‘st, qarindosh, qondosh, birodar, ag‘ayni, aka-uka va hatto er-xotin degan terminlar yo‘q bo‘lib ketardi. Chunki insonni tabiati shunaqa xatokor va aybli odamdan nafratlanish tuyg‘usi bor har birimizda. Buni yaxshi bilgan zot ayblarimizni bir-birimizdan yashirib qo‘ydi.
 

  Endi g‘iybatchi va chaqimchi nima qiladi? Mana shu ayblarni oshkor qiladi, sizning qilgan xatoyingizni ko‘rsa darhol boshqalarga yetkazadi. Hatto ba’zi nodonlar ijtimoiy tarmoqqa qo‘yib hammaga tarqatadi. Demak qaysidir ma’noda g‘iybatchi va chaqimchi Allohning tuzib qo‘ygan tizimiga qarshi chiqqan bo‘ladi.

  Mana shuning uchun g‘iybat harom qilingan. Demak do‘stlikni, ahillikni, birdamlikni, qarindosh urug‘chilikni, mehr oqibatni ketkazishga va oramizdan ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladigan g‘iybat va chaqimchilikni harom qilgan zot bu ishi bilan bizdan nimani istayapti? U bizdan ahil, inoq, do‘st, hamjihat bo‘lib yashashimizni istayapti. Shuning uchun bu tuyg‘ularning kushandasi bo‘lgan barcha omillarni harom qildi.

 

  ODILXON qori YuNUSXON O‘G‘LI

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216397
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19011
  • 12794
  • 15758