Alfred Vegenerning ilmiy farazi Naml surasida
8.1.2017 5907

   Yigirmanchi asrning boshlarida olmon tadqiqotchisi Alfred Vegener “Yer sharidagi qit’alar sayyoramizning ilk rivojlanish davrida yonma-yon joylashgan bo‘lib, ularning turli tomonga harakatlanishi oqibatida bir-biridan ajralib, vaqt o‘tishi bilan bir-biridan uzoqlashib ketgan”, degan ilmiy farazni ilgari surdi. Aniqlanishicha, Yer sathini tashkil qiluvchi oltita katta plast va son-sanoqsiz mayda plastlar uzluksiz harakatda ekan.
    Yer po‘stlog‘i va mantiyadan tashkil topgan Yer yuzasining qalinligi 100 km gacha bo‘lib, plastlar deb atalgan bo‘laklardan tashkil topgan. Hozirgi kunda Yer sirtini oltita katta hamda g‘oyatda ko‘p kichik va mayda plastlar tashkil qiladi. Plitalar tektonikasi deb nomlangan bu nazariyaga ko‘ra, astenosfera qatlamida bu plastlar uzluksiz gorizontal harakatdadir. Masalan, Atlantika ummonining maydoni yil sayin kengayib bormoqda. Fan bu hodisani kashf etganiga ko‘p bo‘lmadi. Bu hodisaning yettinchi asrda nozil bo‘lgan Qur’on oyatlarida ochiq-oydin aytilgani esa bu muqaddas kitobning Alloh Taoloning haq kalomi ekanligini yana bir tasdiqlovchi ilmiy mo‘’jizadir.
     

"Siz tog‘larni ko‘rib tek qotib turibdi, deb o‘ylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar yurgandek yurarlar..." (Naml surasi, 88-oyat) 

   

     Alloh Taolo Qur’onda tog‘lardagi bu jarayonni harakat deb tavsiflagan. Bugungi kundagi olimlar ham mana shu jarayonni kontinental harakat deb atamoqdalar. Olamning yaratilishi, Yerning tuzilishi haqidagi tasavvurlar turli xil johiliy xurofotlarga asoslangan yettinchi asrda mana shunday chuqur ilmiy haqiqatlarning nozil bo‘lishi va ularning oradan bir ming to‘rt yuz yil o‘tgachgina fan-texnika taraqqiyoti tufayli tasdiqlanishi ushbu muqaddas samoviy kitob - Alloh Taoloning haq payg‘ambariga yuborilgan haqiqiy mo‘’jiza ekanligiga yana bir dalildir.

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216345
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19009
  • 12794
  • 15756