QADRNI G‘ANIMAT BILAYLIK YoXUD BIR UMRGA TATIGULIK TUN
21.6.2017 3659

   Alloh O‘zining hikmati ila ba’zi kunlar va ba’zi soatlarni boshqalaridan ustun va fazilatli qilib qo‘ydi. Misol uchun, oylar ichida ramazon, hafta ichida juma, kunlar ichida esa qadr kechasi.

   Ushbu muborak soatlarda O‘zining ko‘rsatmasiga itoat qilgan bandalariga ulkan ajrlarni va’da qildi. Mana shunday ajrlarga qadr kechasini ibodat bilan bedor o‘tkazgan kishiga tayyorlab qo‘yilgan savob ham kiradi.
Alloh ushbu tunni ibodat va duolar bilan bedor o‘tkazgan bandasiga 1000 oylik ibodatni ya’ni sakson uch yilu to‘rt oylik ibodatning savobini berishni va’da qildi.

   Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi; Nima uchun aynan ming oy? Yuz oy yoki ikki ming oy emas? Bu savolga javob berish uchun Imom Termiziy rahmatullohi alayh rivoyat qilgan quyidagi hadisga murojaat qilamiz.

«أَعْمَارُ أُمَّتِى مَا بَيْنَ سِتِّينَ إِلَى سَبْعِينَ وَأَقَلُّهُمْ مَنْ يَجُوزُ ذَلِكَ».

«Ummatimning umri 60 va 70 yoshning orasida bo‘ladi. Ularning ozchiligi bu yoshdan o‘tadi», dedilar.
Agar ming oyni 83 yilu 4 oyligini inobatga olsak, unda quyidagi ma’no kelib chiqadi:
Qadr kechasi bitta insoning umridan ham ko‘ra afzalroqdir, degan ma’no tushuniladi.

Go‘yoki Alloh shunday deyatgan bo‘ladi:

مَنْ قَامَ لَيْلَةَ الْقَدْرِ كَأنَّمَا قَامَ الْعُمْرَ كُلَّهُ

«Kim qadr kechasini ibodat bilan bedor o‘tkazsa, go‘yoki butun umrini ibodat bilan o‘tkazgannnig ajrini oladi».

   Azizlar agar hisoblab chiqsak quyosh botgandan keyin ya’ni tungi soat sakkizdan fajr vaqtigacha ya’ni 3:30 daqiqa o‘tgancha yetti yarim soat vaqt bo‘lar ekan. Mana shu yetti yarim soat bir kishiga beriladigan 70-80 yillik umrdan ko‘ra afzal ekan.

   Shunnig uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu tundan g‘aflatda qolgan insonni hamma yaxshiliklardan mahrum bo‘laginin aytib shunday deganlar:

هَذَا الشَّهْرَ قَدْ حَضَرَكُمْ وَفِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ مَنْ حُرِمَهَا فَقَدْ حُرِمَ الْخَيْرَ كُلَّهُ

«Mana sizlarga bu oy kirdi. Bu oyda shunday bir tun borki, u tun ming oydan afzal. Kim bu tundan mahrum bo‘lsa, barcha yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi».

   Qadr kechasida qodir bo‘lgancha namoz o‘qiladi. Zikr qilinadi. Qur’on tilovat qilinadi. Va eng muhimi olamlar Robbiga yuzlanib duo qilinadi. Chunki bu soatlarda Alloh bandalariga yuzlanib:

هَلْ مِنْ سَائِلٍ يُعْطَى هَلْ مِنْ دَاعٍ يُسْتَجَابُ لَهُ هَلْ مِنْ مُسْتَغْفِرٍ يُغْفَرُ لَهُ

«So‘rovchi bormi? Beriladi. Duo qiluvchi bormi? Ijobat qilinadi. Tavba qiluvchi bormi? kechiriladi», deyatgan bo‘ladi.
Keling aziz yurtdoshlar bu soatni g‘animat bilib, toat va ibodatlar bilan bedor o‘tkazaylik!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216927
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12828
  • 15798