Islom dinida to‘y
23.7.2016 11627

   Har bir millatning o‘ziga xos urf-odati, turmush tarzi mavjud. Har bir urf-odat avloddan-avlodga meros bo‘lib qoladi yoki o‘zga bir millatdan o‘zlashtirilgan bo‘ladi. To‘y ham shunday urf-odatlardan biri bo‘lib, unda bo‘ladigan ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi odatlarlarni “milliy meros” deb xalqimiz tomonidan asrab-avaylanishi achinarli hol.
   Begona erkak va ayolni bir-biriga halol qiluvchi nikohning e’loni sababli beriladigan ziyofat to‘y deb nomlanadi. To‘y sunnat amal. Chunki Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Safiyya onamizga uylanganlarida shirin taom va xurmo bilan, Zaynab binti Jahsh onamizga uylanganlarida esa, qo‘y so‘yib to‘y qilib berganlari bir necha hadislarda bayon qilingan. Yuqoridagi fikrimizga dalil tarzida quyidagi hadisni keltirishimiz mumkin.
    Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo)lar Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)ga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning qizlari Fotima (roziyallohu anho)ga sovchi qo‘yishini maslahat berishdi. U kishi Nabiy (alayhissalom)ni oldilariga kelib, nima deyishni bilmay, yerga qarab o‘tirdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Alining bir hojati borligini, uni aytishga jur’at qila olmayotganini darhol sezdilar-da xijolatchilikni ko‘tarish uchun “Ali ibn Abu Tolibning qanday hojati bor?” dedilar. Hazrati Ali “Fotimaga sovchi bo‘lib kelgandim”, dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tezda mulohaza qilib, og‘ir botmaydigan qilib “Mahr berishga nima bor?” dedilar. “Hech narsam yo‘q, ey Allohning Rasuli”, dedi Ali. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) “Hutamiya sovuting qani?” deb so‘radilar. Ali (roziyallohu anhu) “O‘zimda”, deb javob berdilar. Rasululloh (sollallhu alayhi va sallam) “O‘shani olib kel”, dedilar. Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) sovutni olib keldilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni sotib kelinga sep qilishga buyurdilar.
    Nikoh o‘qilgan kuni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) kuyov bo‘lmish – Ali (roziyallohu anhu)ga: “Kelinga bir to‘y ham qilib berish kerak”, dedilar. Shunda Sa’d ibn Muoz (roziyallohu anhu): “Menda qo‘y bor”, dedilar. Bir guruh ansoriylar jo‘xori yig‘ib kelishdi. Shu narsalar bilan to‘y ziyofati o‘tkazildi.
     Muhtaram azizlar! Keling, biz ham to‘ylarimizga bir nazar solsak. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) buyurganlaridek bo‘lyaptimi? To‘y Alloh taologa toatning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni sunnatga muvofiq qilish lozim. To‘y harom va isroflardan xoli bo‘lsa, oila mustahkam bo‘ladi. Mustahkam oiladan solih-soliha farzandalar dunyoga keladi. Bunday farzandlar har bir millatu elat, el-yurt va jamiyatni rivojiga, ravnaqiga har sohada o‘z hissasini qo‘shadigan mo‘min-musulmonlar bo‘lib yetishadilar.



Bahriddin Jo‘rabek o‘g‘li

 

www.muslim.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216300
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756